145
uchun bosimning ΔP o‘lchanayotgan farqini h=0 da ΔP= ΔPmax, h=hmax da esa
ΔP=0 ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Unifitsirlangan
tokli
yoki
pnevmatik
signalli
difmanometrlardan
foydalanilishning ko‘rib chiqilgan sxemalarda, agarda idish agressiv suyuqlik
bilan to‘latilgan bo‘lsa, u holda difmanometrni idishga ulanishi ajratuvchi idishlar
orqali amalga oshiriladi.
O‘zida gidrostatik bosimni o‘lchash amalga oshiriladigan, idishni
to‘latuvchi(to‘ldiruvchi) suyuqlikda fiksatsiyalangan(aniq belgilangan) chuqurlikda
cho‘ktirilgan(botirilgan) naycha ichidan haydaladigan gaz bosimini o‘lchash yo‘li
bilan, sath o‘lchagich pezometrik deb nomlanadi. Pezometrik sath o‘lchagichning
sxemasi (9.2-rasm,d) rasmda keltirilgan. Pezometrik naycha 1 sath o‘lchanadigan
asbobning ichida joylashtiriladi. Gaz 2 naycha orqali sarfni cheklash uchun
xizmat qiladigan drosselga kelib tushadi.
Stakancha 3 gazning sarfini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Vaqt birligi
ichida suyuqlik to‘latilgan idish orqali o‘tayotgan pufakchalarning sonini sanash
orqali sarf aniqlanadi. Bosim v stakanchadagi bosim 4 bosim stabilizatori
yordamida o‘zgarmas qilib ushlab turiladi. Bosim gaza posle drosseldan keyingi
gaz bosimi difmanometr bilan o‘lchanadi va sathning o‘lchovi bo‘lib xizmat
qiladi.
Gaz(havo) uzatilganda pezometrik naychada bosim asta-sekin h
balandlikdagi suyuqlik ustunining bosimiga teng bo‘lgunga qadar ortadi. Qachonki
naychadagi bosim gidrostatik bosimga teng bo‘lsa, naychalarning pastki ochiq
qismidan gaz chiqishi boshlanadi. Sarf shunday tanlanadiki, naychandan gaz
alohida pufakchalar ko‘rinishda ajralib chiqib boshlaydi.
Pezometrik sath o‘lchagichlar sathni keng chegaralarda o‘lchash imkonini
beradi: bir necha o‘n santimetrdan 10-15 m gacha. Pezometrik yo‘l bilan
naychadagi bosimni o‘lchashda unifitsirlangan chiqish signalli difmanometr
bilan foydalanishda keltirilgan xatolik ±(1,0-1,5)% ni tashkil etadi.