158
– o‘lchashlar – sarflanayotgan elektr energiyani o‘lchash, boshqa
elektr o‘lchashlarni olib borish va hokazo;
– nazorat qilish va ro‘yxatlash – shikastlangan joyni topish,
o‘tkinchi va avariya jarayonlarini yozib olish, sxemani nazorat qilish,
rejimlarni tahlil qilish, parametrlarni ro‘yxatlash va hokazo;
– texnikaviy funksiyalar – qabul qilish sinovlari, texnikaviy tashxis
va hokazolar.
Informatsiyani uzatish struktura sxemasidan ko‘rinib turibdiki, har
qanday masalalarni hal qilish uchun kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni
olish mumkin.
Mini stansiyalarni aniq boshqarish uchun barcha bajariladigan
funksiyalarning ishonchliligi 98-99 % dan kam bo‘lmasligi zarur. Turli tizimli
o‘lchov asboblarni natijaviy xatoligi 1 % dan kam bo‘lmasligi lozim.
10.3 Simlar va kabellar orqali aloqa o‘rnatish
Aloqa kanallarining tavsiflari. Telemexanika kanallari telefon va telegraf
aloqa o‘rnatish bo‘yicha telekommunikatsion turlar va ularni tashkil etish.
Axborotlarni uzatish liniyalari uchun telefon kanallarini, chastota oraliqlarini
bo‘lib chiqish. Telekommunikatsion ma’lumotlarni oddiy elektr uzatish simlari va
yuqori kuchlanishli simlar bo‘yicha uzatishni tashkil etish.
Radioaloqa kanallari. Radioreleli aloqa o‘rnatish, yerning su’niy
yo‘ldoshlari yordamida, radioaloqa kabellari orqali aloqa kanallarini
tashkillashtirish. Lazer nurlari hamda optik tolali aloqa kanallari orqali
telekommunikatsion ma’lumotlarni uzatish. Optik tolali nur o‘zatkichlarning
asosiy tavsiflari. Telekommunikatsion sistemalarning tuzilish asoslari. Signallarni
ajratish. Signallarning telekommunikatsion turlari va sistemalari orqali uzatish va
qabul qilish.