10.7-rasm. HIOKI LR8515 – 2-kanalli harorat va o‘zgarmas tok
kuchlanishini qaydlagich.
163
JUMO firmasining o‘ziyozar moslamalari
LOGOLINE 500 (PDF*934Kb) rusumli matnni bosmaga uzluksiz
chiqaruvchi va matritsali yorug‘lik diodiga ega displeyli o‘ziyozar moslamasi:
Chiziqli yozuvga ega o‘ziyozar moslama uchtagacha o‘lchanayotgan kattalikni
qaydlash imkonini beradi.
Uchta kanal bir-biriga nisbatan optojuftliklar bilan galvanik bog‘lanmagan.
1-kanal orqali egri chiziqlarni yozishdan tashqari matnni ham chiqarish
mumkin.
Barcha kanallar bo‘yicha nolni korreksiyalash datchiklari yordamida amalga
oshiriladi.
O‘lchanayotgan kattaliklar moslamaning soat mili yoki shkala bo‘yicha
sanaladi.
10.5 Hisoblash mexanizmlari ko‘rsatishlarini distantsion
masofaga uzatish. Signal berish va rostlash qurilmalari
Elektrli ERSU-2 rusumli sathning signalizatori(xabar bergichi) 2...3
sathlarning signalizatsiyasi(xabar berilishi) uchun mo‘ljallangan. Asbobning
tamoyilli elektr sxemasi (10.8-rasm) rasmda tasvirlangan. Mazkur sxemada har bir
alohida datchik sxemasiga bir(alohida, yagona) sathning nazorati uchun xizmat
qiladigan o‘zgarmas tok relesi ulangan: rele R1—quyi sath, R2 – yuqori sath va
R3
-
avariyali
sath
uchun.
Avariyali
sath
nazorat
qilinuvchi
poyonning(oraliqning) yuqorisida yoki pastida bo‘lishi mumkin. Agarda avariyali
sath nazorat qilinuvchidan pastda deb qabul qilinsa, u holda qayta ulab-
o‘chirgich V o‘ngdagi holatda, agarda yuqorida deb qabul qilinsa —chapdagi
holatda o‘rnatiladi.
Nazorat qilinayotgan sathlarda L1, L2 va L3 nurli(yorug‘lik chiqaradigan)
signalizatsiya(xabar berish) ajratilgan va R1 ajratuvchi kontakt orqali, L1 qizil
lampasi ulangan. Qachonki gorizont(yotiq chiziq) nazorat qilinayotgan
sathlarning oralig‘ida joylashsa, R1 qisqa tutashtiruvchi kontakt orqali R1
relening zanjiri berkiladi, va ajratuvchi kontakt R ulangan yashil lampa yuqori
164
sath bo‘yicha eng yuqorigi nazorat qilinadigan belgida U1 sariq lampa L3
ulanadi.
Qachonki idishning devorlaridan zaminlovchi elektrod sifatida foydalanib
bo‘lmasa, u holda E releyli blokning qismalariga ulangan qo‘shimcha elektrod
o‘rnatiladi.
Elektrodli ESU-1M va ESU-2M sathning signalizatorlari(xabar bergichlari)
ishlab chiqilgan, shuningdek, suv sathning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda elektrod
sig‘imining o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan.
Mazkur laboratoriya ishida amalda eng ko‘p tarqalgan RU – 3E sathning
relesi va sathning ESU – 2M elektronli signalizatori jihozining qo‘llanishi, ishlash
tamoyili o‘rganiladi.
Sathning ESU - 1M elektronli signalizatori turli materiallarning bir yoki
ikkita sathini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. ESU-1M rusumli elektronli
signalizator(xabar bergich)ning asosiy qismi bo‘lib sathning ikkitalik(qo‘shsha)
triodda L1 (6N6P) yig‘ilgan lampali yuqori chastotali tebranishlar generatori
hisoblanadi. Triodning anodli zanjiriga R relening chulg‘ami ulangan. Triod Tr
rele chulg‘ami va o‘zgaruvchan induktivlik g‘altagi L2 kuch transformatori orqali
ta’minlanadi. To‘rli oraliqda va lampa L1 katodiga L2 o‘zgaruvchan induktivlik
g‘altagi va C1 va C3 kondensatorlaridan iborat tebranish konturi bilan ulangan.
C1 kondensatori bilan parallel tarzda ulangan C2 kondensatordan va D elektrodi
va yer orasida hosil bo‘lgan kondensatordan zanjir tashkil topgan. LS konturi
shunday rostlanadiki, C2 kondensatorning qandaydir boshlang‘ich sig‘imi va D
elektrod - yer kondensatori konturining parametrlari ko‘pincha generatorning
rezonansli tebranishlariga mos kelsin.
165
10.8-rasm. Elektrodli ESU-1M sath signalizatorining tamoyilli
sxemasi.
Konturni rezonansga rostlaganda konturning rezonansli to‘la qarshiligi ancha
kichik va unda amalda hech qanday kuchlanish tushishi bo‘lmaydi. Kontur
triodning L1 katodi va to‘r oralig‘ida ulangani uchun ham, to‘rning potentsiali
tahminan L1 yopiq lampa katodi potentsialiga teng va R relesi o‘chirilgan.
Qachonki D elektrodi va idish devori oralig‘ida material paydo bo‘lsa, u holda D
elektrod - yer orasidagi kondensator sig‘imi o‘zgaradi, C2 kondensatori va D
elektrod - yer kondensatori C1 kondensatorga parallel ulangani uchun ham,
mazkur holat LC konturning parametrlarini o‘zgarishiga olib keladi. Idishdagi
materialning (jismning) sathi cheklanganida rezonansning buzilishi kuzatiladi.
Oqibatda, LS konturning to‘la qarshiligi ortadi. Lampa L1 ning to‘ri va katodi
oralig‘ida kuchlanish paydo bo‘ladi, uning musbati to‘rga uzatiladi. L1 lampasi
ochiladi, rele R ishga tushadi va materialning chegaralangan sathga yerishganida
uning kontaktlarini berkitishga signal(habar) uzatiladi. Tr transformator
ikkilamchi chulg‘amining qo‘shimcha qismasi orqali R rele kontaktiga ulangan
L2 signalli(xabar beruvchi) lampa bunkerda materialning borligi haqida
signal(xabar) beradi.
|