170
13. Radioto‘lqinlar diapazoni haqida nimalarni bilasiz ?
14. Burchakli o‘zgarishni masofaga sinxron uzatish sxemasini chizib
tushintiring.
15. O‘ziyozar moslamalariga misollar keltiring.
16. O‘z
sohangizga tegishli, zamonaviy o‘lchash tizimlari haqida nimalarni
bilasiz?
17. Sun’iy ong (intellekt) deganda nimani tushunasiz?
18. Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va avtomatik atamalarga tavsif bering
va ularning o‘xshash hamda tafovutli tomonlarini tushuntiring.
19. Informatsion tarmoq nima?
20. Zamonaviy o‘lchash tizimlarini qanday tasavvur qilasiz?
Xulosalar
O‘lchash texnikasi fundamental ilmiy izlanishlarga bevosita bog‘langan
bo‘lib, tabiiy fanlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bu
esa unga ulkan imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollarini yaratish bilan bir qator
muammolarni keltirib chiqardi. Birinchi navbatda quyidagilarni aytib o‘tish
lozim:
o‘lchashlar birliligini ta’minlash muammosi;
umumiy o‘lchashlar nazariyasining rivojlanishi;
yangi fizikaviy usullar va har xil hisoblash qurilmalariga asoslangan o‘lchash
amallarini soddalashtirib, bir vaqtning o‘zida ularning
samaradorligini oshirish;
yangi analiz va sintez usullariga asoslangan, tavsiflari oldindan aytiladigan
o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni tezlashtirish;
loyihalashni avtomatlashtirish;
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga asoslangan yangi o‘lchash
vositalarini yaratish va tadbiq qilish.
Yuqorida qayd etilgan jarayonlar garchand muhim va keng bo‘lsa ham,
alohida olingan aspektlarini, shu bilan
birga behisob izlanishlar, tekshirishlarni,
xususiy usullarni hamda o‘lchash tartiblarini ko‘rib chiquvchi bir qator o‘lchash
nazariyalari mavjud. Ular bu jarayonning alohida bo‘lsa ham, etarli darajada
171
farqli va har xil aspektlarini qaraydi. Xususiy usul va o‘lchash prinsiplarini ichida
quyidagilarni eslatamiz:
o‘lchash qurilmalarining aniqlilik
nazariyasi;
statistik o‘lchashlar nazariyasi;
o‘lchash o‘zgartkichlarining umumiy energetik nazariyasi;
o‘lchashning informatsion nazariyasi;
dinamik o‘lchashlar nazariyasi;
o‘lchash qurilmalarining invariantlik nazariyasi;
o‘lchashlarning algoritmik nazariyasi;
o‘lchash vositalarining moslashuv nazariyasi.
O‘lchashlar aniqligi nazariyasi asosida o‘lchash natijalarining xatoliklarini
baholash va tekshirish usuli yotadi.
Esingizda bo‘lsa kerak, “xatolik” deganda o‘lchash amalida olingan natija
qiymatining o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan tafovuti tushuniladi.
Aniqlik nazariyasining tub ma’nosini xatolik va
uning tashkil etuvchilarini
baholash, xatoliklar hosil bo‘lishining manba va sabablarini aniqlash hamda
xatoliklarni kamaytirish usullari tashkil etadi.
Zamonaviy o‘lchash texnikasi xalk xo‘jaligining hamma sohasi bilan
yagona bog‘lamda rivojlanib bormoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlashda
uning roli juda kattadir. Shu sababdan olimlar va muhandis-asbobsozlar oldida
turgan muhim vazifalardan biri ilmiy texnik taraqqiyot yo‘lida ortda qolmaslik,
bu taraqqiyot yo‘lidagi to‘siq bo‘lmasdan,
aksincha, uni olg‘a siljituvchi qudratli
omil bo‘lishdir! Albatta bu oson emas.
Bizning oldimizda juda ko‘p, o‘ta murakkab, hal qilinishi lozim bo‘lgan
muammolar turibdi. Bulardan
birinchisi - yangi, progressiv yutuqlarni tez va
keng ko‘lamda ishlab chiqishga tadbiq etish va xalq xo‘jaligida qo‘llash. Bu
muammoni echish uchun asbobsozlikdagi rejalash va boshqarish prinsiplarini
tubdan qayta qurish kerak.
Ikkinchi muammo-o‘lchash
asboblarining sifatini
keskin oshirish. Bu masalani echish uchun faqat asbobsozlarning harakatlarini
o‘zi kamlik qiladi. Statik asbob uskunalarning aniqligi va ishonchliligini
172
oshirish, yuqori sifatli materiallar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektron
texnikasi mahsulotlarining tavsiflarini yaxshilash va ishonchliligini oshirish lozim.
Ko‘rinib
turibdiki, bu masalalarni echish uchun o‘z navbatida o‘lchash-
nazorat texnikasini mukammallashtirish zarurdir. Bu jarayonning dialektik birligi
ilmiy-texnik taraqqiyot muammolariga hamma talablarni chuqur tahlil qilish
asosida atroflicha yondoshish lozimligini ta’kidlaydi. Shubha yo‘qki, bu
muammolar echilib, ular ortidan yangilari, yanada murakkabliroqlari kun tartibiga
qo‘yiladi. Ilmiy-texnik tafakkurning oldingi qatorlarida doimo olg‘a qarab
harakat qilish - metrologiya fanining asosiy shioridir.