|
“O‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish”Bog'liq YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli“O‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” – yagona namunalarda
ishlab chiqariladigan(yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib
kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular
qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof
etilishi;
“Metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya
qilish” – o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya
qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari,
laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
“O‘lchov vositalarni kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik
shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish” – yuridik shaxslar
metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashda
rasmiy e’tirof etilishi;
“O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya
qilish” – o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya
talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
“O‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti” – operatsiyalar va qoidalar majmui
bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni
ta’minlaydi;
«Standartlashtirish» - mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan va ko‘p marta
tadbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbo‘l darajada
tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyatdir. Bu faoliyat
standartlar va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tadbiq
qilishda namoyon bo‘ladi. Mahsulot, jarayon va xizmat turlarining belgilangan
vazifasiga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish, hamda ilmiy-texnikaviy
hamkorlikka ko‘maklashish - standartlashtirishning muhim natijasidir.
|
| |