Mikroprotsessor va mikro EHMli axborot-o‘lchash




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/86
Sana09.02.2024
Hajmi3,76 Mb.
#153591
TuriУчебное пособие
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
Bog'liq
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

 
10.2 Mikroprotsessor va mikro EHMli axborot-o‘lchash
tizimlarini elektroenergetikaning dispetcherlik 
boshqarilishida qo‘llanishi 
 
Ma’lumki, birlashgan elektroenergetik tizimlarida turli rejimlarni olib
borishda elektrostansiyalarni va elektr tarmoqlari va remont sxemalarini
normal tanlash, parallel qo‘shilgan elektrostansiyalarni barqaror ishlashini
ta’minlash, nominal chastotani ushlab turish, aktiv va reaktiv quvvatni
samarali taqsimlash, kuchlanishni sozlash va hokazo masalalar turadi.
Elektroenergetik tizimlarini rivojlanishi, ya’ni parallel ishlaydigan
stansiyalarni ko‘payishi, elektr tarmoqlar sxemasini murakkablashishi tezkor
(operativ) boshqarish tizimini barpo etish masalasini qo‘yadi. Har qanday
boshqarish tizimini, shu jumladan dispetcherlik boshqarish asosida
informatsion jarayonlar, ya’ni ob’ekt holati to‘g‘risidagi axborotning
birlamchi o‘zgartirilishi, yig‘ish, axborotga dastlabki ishlov berish, uni
uzatish, xotiralash, hisoblash ishlarini bajarish, taqsimlash, tasvirlash, 
ro‘yxatlash va boshqarish buyruqlarini ijro etish yotadi. Elektroenergetik 
tizimlarida o‘lchash texnikasini rivojlanishi asosida axborotni yig‘adigan va 
boshqarish buyruqlarini ijro etadigan telemexanik tizimlar (TMT) yaratilgan. 
Misol uchun, O‘zbekiston elektroenergetik tizimida bunday TMT
o‘tgan asrning 40 yillarida vujudga kelgan. TMTlar energetik ob’ektlardan,
odatda, kommutatsiyali apparatlar holati (uzilgan, qo‘shilgan) to‘g‘risida 
telesignalizatsiya (TS), avariyaning oldini olish (AOO), tok kattaliklar
kuchlanish, quvvat va hokazolar teleo‘lchovi (TO‘) to‘g‘risida axborotni
uzatadi. TMT uskunalari energoob’ektlarning kommutatsion apparatlarini
ajratish va qo‘shishi to‘g‘risida teleboshqarish(TB) buyruqlarini uzatadi. TS va 
AOO signallari releli himoya va avtomatika (RHA) sxemalari yordamida
shakllanadi. TO‘ signallari tok va kuchlanish transformatorlaridan qabul 
qilinadi. 


157 
RHA sxemalari elektromexanik yoki mikroelektron bazasida hamda
ko‘rsatkichli asboblar va elektr energiya hisoblagichlar qo‘llanilganda
ularning axborotini to‘g‘ridan to‘g‘ri TMTlar orqali uzatish ma’lum qiyinchiliklar 
tug‘diradi. 
Energoob’ektlar to‘g‘risida axborotlarni dispetcher boshqarishning yuqori 
bosqichlariga faqat TMT yordamida uzatish mumkin.
Zamonaviy axborot-o‘lchash tizimlarida mikroprotsessorlar (MP) va 
elektron hisoblash mashinalaridan (EHM) foydalanish RHA, nazorat etish
va telekommunikatsiyali texnologik sxemalariga keskin o‘zgarishlar kiritadi.
MP va EHMdan foydalanish, turli uskunalar bajaradigan funksiyalarni
yagona uskunada bajarish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun MP va 
EHMlarni qo‘llash uskunalarning ishonchliligini, tezkor va avtomatik
boshqarishni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshiradi. Hozirgi zamon axborot-
o‘lchash tizimlari energoob’ektlarini texnik tashxis (diagnostika) ishlarini,
o‘lchash, nazorat, tezkor va avtomatik boshqarish, axborotlarni yig‘ish va
ularga ishlov berish, tezkor axborotni ro‘yxatlash va hujjatlashtirish,
kattaliklarni belgilangan qiymatlardan og‘ishi, chiqib ketishi va normal
avariya holatlari to‘g‘risida axborotni boshqarishning yuqori bosqichlariga 
uzatishga murakkab bo‘lmagan hisoblashlarni bajaradi.

Download 3,76 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mikroprotsessor va mikro EHMli axborot-o‘lchash

Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish