120
8.31-rasm. Tuproqning namligini(uning qarshiligi orqali) o‘zgaruvchan tokda
o‘lchash uskunasining ish jarayonidagi tasviri.
Sig‘imli o‘zgartirgichlar. Sig‘imli o‘zgartirgich o‘lchanayotgan noelektrik
kattalik ta’sirida sig‘imi o‘zgaradigan kondensatordir. Kondensatorning sig‘imi
elektrodlarning yuziga, ularning o‘lchamiga, ular orasidagi masofa (
) ga,
shuningdek, dielektrikning o‘lchamlariga va uning singdiruvchanligiga bog‘liq.
Sig‘imli o‘zgartirgichlardan R, L, C parametrlardan birortasiga ta’sir
ko‘rsatadigan noelektr kattaliklarni o‘lchashda foydalaniladi. Sig‘imli
monometrlar va dinamometrlarda o‘lchanayotgan bosim R yoki F kuch ta’sirida
kondensatorlarning ikkita qoplamalari orasidagi havo tirqishi (
) o‘zgaradi
(8.32-rasm).