Nasos stansiyasidagi idishda suvning sathni nazorat qilish tizimi




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/86
Sana09.02.2024
Hajmi3,76 Mb.
#153591
TuriУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86
Bog'liq
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

Nasos stansiyasidagi idishda suvning sathni nazorat qilish tizimi 
Ikki(qo‘shsha) 
kanalli 
Ф0303.2 
o‘lchagich-rostlagichi, 
qalqonli 
programmalanadigan(dasturlanadigan), o‘lchash va rostlash kirish kattaliklar 
ko‘rinishda signallar o‘zgarmas tokni, kuchlanishni yoki temperaturani tashqi
termoo‘zgartirgich qarshilik(TS) va termoelektrik o‘zgartirgich (TP)yordamida, 
shuningdek, «kirish-chiqish» o‘lchanadigan kirish kattaliklar belgilangan bir kanal 
bo‘yicha o‘lchash (kirishga) uzliksiz chiquvchi unifitsirlangan analogli signalga 
o‘zgartirishga mo‘ljallangan raqamli asbobdir. 
Turli hil datchiklar va o‘lchagich o‘zgartirgichlarini birgalikda qo‘llash 
bilan, Ф0303.2 rusumdagi o‘lchagich rostlagich boshqa kattaliklarni o‘lchash va 


114 
rostlashda foydalanilishi mumkin, aynan: bosim, quvvat, ko‘pincha, namlik, sath
va boshqalar.
Ф0303.2 o‘lchagich-rostlagichdan adapter - qaydlagich AD4 bilan 
foydalanishda barcha o‘lchashlarni qaydlash mumkin. O‘lchagich-rostlagichning 
kommutatsiyalovchi jihozi ikkita qayta uzib-ulagich elektromagnitli reledan 
tashkil topadi, ularning har biri programmali har qanday kanallardan o‘lchashga 
mo‘ljallangan. Ф0303.2 o‘lchagich-rostlagichni programmalash asbobning old 
panelida joylashgan boshqarish tugmachalari orqali, hamda, shuningdek, RS485 
interfeysi bo‘yicha programmali amalga oshiriladi. 
Ф0303.2 o‘lchagich-rostlagichdan foydalanishni quyidagi misol orqali 
namoyish qilish mumkin: 
Suv ta’minotini avtomatlashtirishning asosiy vazifasi bo‘lib iste’molchilarga 
etkazilayotgan suvning bosimini ta’minlash hisoblanadi. Buni amalga oshirish 
uchun turlicha usullar qo‘llanadi: 
Suvning naporini nasos vujudga keltirishi mumkin, kuzatuvchi avtomatik 
tizim orqali suvning bosimi nasosning chiqishida o‘rnatilgan bosim datchigi 
yordamida boshqarish amalga oshiriladi;
chegaralangan balandlikda joylashgan, naporli idishga suvni haydab napor 
hosil qilish mumkin, va idishga suvni davriy ravishda haydab undagi suvning 
sathini ushlab turish mumkin. 
Avtomatika sxemasi uchun o‘lchash va avariyali signalizatsiya sathning 
oxirgi tavsiya etilgan variantlarning biri bo‘yicha sathning o‘lchanishi va avariyali 
signal berish uchun avtomatik boshqarish sxemasi 8.24-rasmda tasvirlangan. 
Mazkur sxema PTOKX «Ilinskoe» (Podmoskove)da o‘rnatilgan VNS-9 rusumli 
suv nasos stansiyasining bir qismidir. Ushbu tizimning asosi bo‘lib tor profilli 
Ф0303.2. o‘lchagich - rostlagich qo‘llanadi. Asbob chiziqli nurdiodli shkala bilan 
ta’minlangan, bu shkala idishdagi suvning staxini indikatsiyali tarzda nazorat 
qilish uchun juda qulaydir.
Sath idishda o‘rnatilgan gidrostatik bosim datchiki yordamida o‘lchanadi. 
Datchik o‘lchagich — rostlagichning kirishiga kelib tushadigan 4-20 mA li tokli 
signallarni ishlab chiqaradi. Sath datchigi o‘lchagich-rostlagich ichkarisida 
o‘rnatilgan 24 V li ta’minot manbasidan ta’minlanadi. 


115 
8.24-rasm. Nasos stansiyasining suv xavzasidagi sathni nazorat qilish 
tizimining tasviri. 
Ф0303.2 rusumli o‘lchagich-rostlagichda 2 ta ishga tushish ustavkasiga 
mo‘ljallangan 2 ta releyli kanal chiqishi mavjud — suvning quyi sathidagi 
avariyali va yuqori sathidagi avariyali. Sathning ruxsat etilgan chegaradan 
chiqishi hodisasida, o‘lchagich-rostlagichning 1- yoki 2- releyli chiqishi nurli va 
tovushli signallar(xabarlar)ni berishi uchun ishga tushadi.
Signalni(xabarni) uzish tashqi tashlab yuborish to‘gmachasi orqali bajariladi. 
Asbobdan yanada to‘liqroq foydalanish uchun 8.25-rasmda tavsiya qilingan 
sxema orqali ulanish mumkin. Mazkur sxemaning ilgarigi sxemadan farqi asbob 
ustavkasini gisterezisning U-simon tavsifli holatidan foydalanib boshqarish 
hisoblanadi. Bu holat 2- releyli chiqishni erkinlashtirish imkonini beradi, masalan 


116 
ikkinchi kanal orqali qishki vaqtda javondagi ishchi haroratni ushlab turish uchun 
qizdirgichni ulashda foydalanish mumkin.
8.25-rasm. Nasos stansiyasining suv xavzasidagi sathni nazorat qilish 
takomillashtirilgan tizimining tasviri. 
Ob’ektni telemexanika yoki SCADA-tizimi bilan Ф0303.2 o‘lchagich-
rostlagichga bog‘lash uchun asbob RS-485 rusumli interfeys bilan jihozlanishi 
mumkin. Idishga suv uzatuvchi nasosni boshqarish uchun o‘zida qo‘shib 
o‘rnatilgan PID- rostlagichli 3-fazali aylanish tezligi o‘zgartirgichidan
foydalanish mumkin. PID-rostlagichning kirish uchun signal Ф0303.2. o‘lchagich 
— rostlagichning 4-20 mA li analogli chiqishidan uzatiladi. 
SCADA (supervisory control and data acquisition, dispetcherlik boshqaruvi 
va ma’lumotlarni yig‘ish). 

Download 3,76 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nasos stansiyasidagi idishda suvning sathni nazorat qilish tizimi

Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish