2. Ossillografni ulash
Kuchlanish ikki nuqtadan o‘lchanadiganligi uchun ham ossillografning
kiritishida ikkita qisma mavjud. Va ular teng qiymatli emas. "Faza" deb
ataladigan birinchi qisma nurni vertikal og‘diruvchi kuchaytirgichning kirishiga
ulangan. Ikkinchi qisma esa “zaminlash”(yerlash) yoki “g‘ilof”(korpus) elektrodi
hisoblanadi. Bunday deyilishiga sabab, chunki u qurilma g‘ilofi(korpusi) bilan
elektrli(galvanik) aloqaga ega(bu barcha elektrli sxemalarning umumiy nuqtasidir).
Ossillograf yerga nisbatan kuchlanishning o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Kirish o‘tkazgichlarining qaysi biri faza ekaninligini bilish juda muhimdir.
Import qilinadigan asboblarda(zamonaviy ossillograflarda) odatda maxsus
moslashtirilgan
tekshirgich
elektrodlardan
foydalaniladi.
Ularning
zaminlanuvchi(yerlanadigan) qismi “timsoh” turidagi elektrod ko‘rinishida bo‘lib
tekshirilayotgan qurilmaning korpusiga ko‘p marta tegib ishlatilishda(ishonchli
"biriktirilishda") qulay bo‘ladi (8.6-rasm). Bunday holda, fazani va
korpusni(g‘ilofni) chalkashtirib qo‘yish odatda mumkin emas.
93
8.6-rasm. Zamonaviy ossillografning shchupi, chapda "ignali", o‘ng tomonda
qismali.
Mahalliy
ishlab
chiqarishdagi
Ossillograflar
odatda
4
mm
diametrli
shchup(elektrod) (ba’zan audio jihozlarni ishlatuvchilar tomonidan "banan" deb
nomlanadi) uchun standartlarga ega bo‘lgan shnurlar(egiluvchan izolyatsiyali
similar) bilan jihozlangan(8.7-rasm.). Bunday holatda, har ikkala shnur ham bir
xil bo‘ladi va ularni ajratish uchun qo‘shimcha funktsiyalar qo‘llaniladi. Bu
belgilarning bir nechtasi bor va ular har qanday birikmada ishlatilishi (paydo
bo‘lishi) mumkin:
• zaminlash(yerlash) simlari uzunroq;
• zaminlash(yerlash) similar jigarrang(standart) yoki qora rangli;
• zaminlash(yerlash) simining vilkasi quyidagi ramziy belgiga ega
«korpus»(g‘ilof)
yoki «zamin»(yer)
.
Biroq, afsuski, ushbu qoidalar doim ham qo‘llanavermaydi. Ayniqsa, bu
ta’mirlangan kabellar uchun o‘rinli: mavjud bo‘lgan har qanday o‘tkazuvchilar va
birinchi duch kelgan zaminlagichlardan foydalanishi mumkin. Shu sababli, fazani
va korpusni aniqlashning yuz foiz kafolat beruvchi yana bir usuli mavjud.
94
8.7-rasm. Ossillografning tiqiluvchi elektrodi(shtekeri).
O‘tkazuvch simlarning qaysi biri faza va qaysi biri korpus ekanligini
aniqlash uchun hich bir joyga ulanmagan ossillografda bir qo‘l bilan o‘tkazgich
simlarning bir uchiga, ikkinchi qo‘l bilan esa boshqa hech qanday narsaga
tegmasdan, tegish kerak bo‘ladi. Agar ushbu o‘tkazgich sim korpus bo‘lsa,
ekranda faqatgina gorizontal yoyish chizig‘i bo‘ladi. Agar ushbu o‘tkazgich sim
faza bo‘lsa, ekranda juda katta darajada buzilishlar(shovqinlar) paydo bo‘ladi, bu
50 Gts chastotali sinusoidning g‘ijimlanga(buzilgan) ko ‘rinishi bo‘ladi(8.8-rasm).
8.8-rasm. Qo‘l bilan kirish kabelining fazasiga tegilsa, ossillografning ekranida
hosil bo‘lgan g‘ijimlanishlar(shovqinlar) tasviri.
95
Bu buzilishlar inson tanasi bilan xonaga joylashtirilgan tarmoq
kabellari(simlari) o‘rtasida zaryad sig‘imi mavjudligi tufayli kelib chiqadi. Va bu
kabi zanjirdan oqib o‘tuvchi tok hosil bo‘ladi: 220 V 50 Gts li yorug‘lik
tarmog‘ining fazasi - tarmoqning simlari va inson tanasi - inson qo‘li -
kuchaytirgichning kirishi (kirish simining fazasi) - kuchaytirgichning elektron
konturi - Ossillograf korpusi – korpus va Yer o‘rtasidagi sig‘im - tarmoqning
neytral simi(u har doim zaminlangan(yerlangan)).
Zanjir berk(yopiq), tok oqadi. Ushbu tokning kattaligi 10
-8
... 10
-6
amper,
ammo Ossillografning kirishi juda yuqori qarshilikka ega (10
6
Om). Shuning
uchun etarlicha katta(juda katta) kuchlanish paydo bo‘ladi. Sinusoida g‘ijimlangan
ko‘rinishga ega bo ‘ladi(ekranda buzilib ko‘rinadi), chunki tarmoq - inson tanasi
chastotaga bog‘liq: chastota qanchalik yuqori bo‘lsa, qarshilik shuncha past
bo‘ladi. Shuning uchun yuqori chastotali tashkil etuvchilar (tarmoqning
garmonikasi va unga kiritilgan buzilishlar) Ossillografning kirishida katta tok va
katta kuchlanish hosil qiladi.
Kirish kabelining fazasini va korpusini aniqlab, Ossillografni tekshiriladigan
zanjirga ulash mumkin. Agar aniq aniqlangan umumiy simga ega bo‘lmasa, u
holda u korpusining har qanday nuqtasiga ulanadi, uning orasidagi kuchlanish
tekshirilishi kerak. Agarda zanjirda umumiy sim mavjud bo‘lsa - odatiy ravishda
nol salohiyatga ega bo‘lgan, qurilma korpusiga ulangan yoki chindan ham
zaminlangan(yerlangan) nuqtada, u holda Ossillograf korpusini shu nuqtaga ulash
yaxshiroq. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik sezilarli darajadagi o‘lchash xatoligiga
olib kelishi mumkin (ba‘zan xatolik juda katta bo ‘ladiki, o‘lchovlar natijalariga
umuman ishonish mumkin bo‘lmaydi).
Uzining mohiyatiga ko‘ra, Ossillograf - kuchlanish grafigini ko‘rsatuvchi
voltmeter hisoblanadi. Ammo, shu bilan birga, u tokning shaklini kuzatish uchun
ham ishlatilishi mumkin. Ushu maqsadda, rezistor R
T
, (bu yerda "T" indiks tokli
degan ma‘noni anglatadi) tadqiq qilinayotgan zanjir bilan ketma-ket ulanadi(8.9-
rasm). Rezistor R
T
qarshiligi kontaktlarning qarshiligiga qaraganda ancha kamroq
tanlanadi, undan keyin rezistor uning ishlashiga ta’sir qilmaydi va uning ulanishi
96
zanjirning ish rejimiga ta’sir qilmaydi. Rezistorda Om qonuniga binoan
kuchlanish hosil bo‘ladi:
Va ushbu kuchlanish Ossillograf bilan o‘lchanadi. R
T
qiymatini bilgan holda
Ossillograf ko‘rsatayotgan kuchlanishni tokga aylantirish mumkin bo‘ladi.
8.9-rasm. Ossillograf yordamida tokni o‘lchash.
Ikki kanalli (va ikkita nurli) Ossillograf ikkita signalning osillogramlarini bir
vaqtning o‘zida ekranda aks ettirishi mumkin. Buning uchun u ikkita
kirish(kanal)ga, odatda I va II deb nomlanadi, ega. Shuni esda tutish kerakki, har
bir kanalning kirish qismslsridan(elektrodlaridan) biri Ossillograf korpusiga
ulanadi, shuning uchun har ikkala kanalning "korpus" qismalari(elektrodlari) bir-
biriga ulanadi, shuning uchun bu qismalar zanjirning bir xil nuqtasiga ulanishi
kerak, aks holda qisqa tutashish sodir bo‘ladi(8.10-rasm.).
97
a)
b)
8.10-rasm. Ikki kanalli ossillografni ulash. Kirishning "Yer" kontaktlari yozuvlari
zanjirda qisqa tutashishga olib kelishi mumkin.
8.10-rasm. a) tasvirda , B va D nuqtalari ossilograf korpusi orqali bir-biri bilan
qisqa tutashgan(tutashtiruvchi sim shtrix chiziqlar bilan ko‘rsatilgan). Natijada,
elektr zanjirining konfiguratsiyasi o‘zgargan.
Quvvat manbalarining qutblaridan biri elektronikada doimo umumiy sim va
har qanday kuchlanish unga nisbatan aniqlanadi, lekin har qanday ikkita
kuchlanishni kuzatish qobiliyati emas, balki faqatgina umumiy ulanishga ega
bo‘lgan nuqtaninggina kuchlanishini o ‘lchash mumkinligi mazkur usulning
kamchiligi(nuqsoni) hisoblanadi. Ikki kanalli Ossillografdan foydalanib, zanjirdagi
kuchlanish va tokni kuzatib borishinmiz mumkin. Va shuning uchun tok va
kuchlanish o‘rasidagi fazalar siljishi o‘lchash mumkin bo‘ladi. Bunday holat
uchun Ossillografning ulanish sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan(8.11-rasm).
98
8.11-rasm. Fazalar siljishini o‘lchash uchun Ossillografni ulash.
Kanal I kuchlanishni o‘lchaydi va kanal II esa tokni o‘lchaydi. Bu kabi
ulanish eng maqbuldir, chunki R
T
qarshiligidagi kuchlanishning tushishi va uni II
kanalga berilishi kanal I ga nisbatan 100 barobar kamdir. Shuning uchun u
shovqinlarga ko‘proq ta’sir qiladi va past kuchlanishdan sinxronlash juda yaxshi
hol emas. Bundan tashqari, ko‘pchilik ossillograflarning tuzilishi biroz
"assimetrik" - kanal I signalidan sinxronlash odatda ko‘proq sifatli va barqaror
bo‘ladi. Shunday qilib, kanal I ning kuchlanishga ulanishi osillogrammaning
yanada barqaror tasvirini beradi.
8.11-rasm B) tasvirdagi ulanish xatosi, har ikkala kirish joyi ham bir xil
nuqtada ulanmaganligi. Natijada, rezistor R
T
ossillograf uyasi orqali qisqa
tutashgan. Eng noqulay narsa shundaki, rezistor R
T
dagi kuchlanish nolga teng
emas, chunki kirish kabellari qarshiligining (bular orqali resistor qisqa tutashgan)
nolga teng emasligidir. Shuning uchun bunday ulanishda(aloqada) mazkur xatoni
sezmaslik mumkin (axir ossillograf nimanidir tasvirlamoqda) va natijada tok
o‘lchashning natijasi noto‘g‘ri bo‘ladi. 8.11-rasmda ko‘rsatilgan ulanish shunday
kamchilikka egaki, unda Ossillografning I kanali tadqiq qilinayotgan zanjrdagi
kuchlanishni emas, balki zanjirdagi va R
т
rezistordagi kuchlanishlar tushishining
yig‘indisini(yukdagi kuchlanishni emas, balki manbadagi kuchlanishni o‘lchanadi)
o‘lchaydi. R
т
dagi kuchlanish, kichik bo‘lsa-da, kuchlanishni o‘lchashda xatolikni
keltirib chiqaradi.
99
8.11-rasm a) tasvirdagi ossillografning ulanishi nafaqat o‘lchovlarning yuqori
aniqligini ta‘minlabgina qolmay, balki ayrim hollarda ancha yuqori qarshilikka
ega bo‘lgan R
T
rezistoridan foydalanishga imkon beradi. Bu kichik qiymatli
toklarni o‘lchashda juda muhimdir: agar zanjirdagi tok ham va R
T
qarshiligi ham
kichik bo‘lsa, u holda R
T
da paydo bo‘ladigan kuchlanish shunchalar kichik bo
‘ladiki uni tasvirlash uchun hatto ossillografning sezgirligi etarli bo‘lmaydi.
|