Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/86
Sana09.02.2024
Hajmi3,76 Mb.
#153591
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86
Bog'liq
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

 
 
 


117 
8.1.3 Namlikni o‘lchash 
 
Kimyo-texnologiya, qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarini
hamda ishlab chiqarish xonalarining namligini bilish (misol uchun
to‘qimachilik kombinatlarida) muhim ahamiyatga ega. 
Materiallarning namligi uning massa birligidagi absolyut yoki nisbiy namligi 
bilan belgilanadi. Jismning absolyut namligi deb uning birlik massasidagi
suv bug‘lari massasiga va nisbiy namlik deb absolyut namlikni bo‘linishi
mumkin bo‘lgan eng katta namlik nisbatiga aytiladi. 
Namlik o‘lchovi asboblar elektr o‘tkazuvchanlik (konduktometrik),
elektrik singdiruvchanlik (dielkometrik) va yordamchi moddalarning elektr
va mexanik parametrlarini o‘lchash asosida quriladi. 
Havoning absolyut va nisbiy namligini o‘lchashda ko‘p hollarda
yarimo‘tkazgichli litiy xlorid o‘zgartgichdan foydalaniladi. U himoyalovchi 
plenka(parda) bilan qoplangan termorezistorlardan iborat. 
Termorezistorlar ustiga litiy xloridning to‘yingan eritmasi shimdirilgan 
shisha tolali vtulka o‘rnatilgan. Vtulkaning ustiga kumush yoki platina o‘tkazgich 
o‘rnatilgan. O‘zgartgich havo kirishi mumkin bo‘lgan korpusga
joylashtirilgan bo‘ladi. 
O‘zgartgich quyidagicha ishlaydi. Ma’lum haroratda litiy eritmasi havoning 
namligini so‘radi. O‘tkazgichdan elektr toki o‘tganda litiy xloridning
harorati oshadi va u kristallanib o‘tkazuvchanligi kamayadi. Xlorid litiyni 
o‘tkazuvchanligi kamayishi oqibatida atrof muhitdan namlikni tortib olishiga olib 
keladi. 
Binobarin litiy xloridning va uning ichidagi namligiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Termorezistorlar qarshiligini o‘lchash uchun
o‘zgarmas tok kompensatorlaridan foydalaniladi. 
Sochiluvchan massalar misol uchun bug‘doy, sholi, dorivorlar,
kimyoviy moddalar namligini o‘lchash uchun elektrostatik o‘zgartgichlar
asosida nam o‘lchagichlar ishlab chiqarilgan. Sochiluvchan material
namunasi silndrsimon elektrodlar orasiga solinadi. Elektrodlar orasidagi
dielektrik singdiruvchanlik o‘zgaradi va o‘zgaruvchan tok ko‘prik muvozanatini 


118 
buzadi. Ko‘prik chiqishidagi kuchlanish dielektrik singdiruvchanlikka, ya’ni
namuna namligiga proporsional bo‘ladi. Shuning uchun asbob
o‘lchanayotgan har bir sochiluvchan massa turiga qarab darajalanadi. 
Hozirgi vaqtda tuproq va boshqa sochiluvchan materiallar namligini uzluksiz 
o‘lchash uchun radioizotop nam o‘lchagichlar qo‘llaniladi. Radioizotop
manbai sifatida plutoniy-berilliy birikmalar, qabul qiluvchi uskuna sifatida
sekinlashgan neytron hisoblagichlari qo‘llaniladi. 
Radioizotop nam o‘lchagichlar bilan tuproq, havo va turli
sochiluvchan materiallar namligini 1 dan 100 % diapazongacha, 0,5 %
xatolik bilan o‘lchash mumkin. 
Oxirgi vaqtda o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagichlardan ham 
foydalanilmoqda. 

Download 3,76 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных

Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish