|
Texnik vositalar va dasturiy ta’minot klassifikatsiyasiBog'liq 6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i3.2. Texnik vositalar va dasturiy ta’minot klassifikatsiyasi
Yer tuzish loyihalarini va chizmalarini ishlash, ularni hayotga tadbiq etish va
mualliflik nazorati jarayonlarida qabul qilinadigan yechimlarning kompleksligini,
mutanosibligini va samaradorligini ta‟minlash uchun YTLAT uslubiy, axborot,
matematik, texnik va tashkiliy ta‟minotni ta‟minlovchi vositalarga ega bo‟lishi
kerak. (8- rasm).
YTLATning texnik ta’minoti (texnik vositalar, texnika) – bu yer tuzishni
loyihalashning avtomatlashgan tizimining texnik jihozlari bo’lib, o’z ichiga
kompyuter va boshqa mexanik, magnitli, elektr, elektron va optik ulanma
qurilmalarni yoki EHM boshqaruvida yoki mustaqil ishlaydigan shunga o’xshash
asboblarni hamda YTLAT faoliyati uchun zarur turli qanday qurilmani oladi.
YTLATning texnik-dasturiy ta’minoti – bu yer tuzishni loyihalashning
avtomatlashgan tizimining texnik va dasturiy ta’minotlari yig’indisidir.
YTLATni ta‟minlash vositalari orasida mos ma‟lumotlar bazalarini,
ma‟lumotlarni kiritish va chiqarish vositalarini, yozma va chizma ma‟lumotlarni
tayyorlashning dasturiy vositalarini, ayrim yer tuzish masalalalarini yechish uchun
36
amaliy dasturlar to‟plamlarini, yozma va chizma tahrirchilarni ajratib ko‟rsatish
mumkin. Bundan tashqari ma‟lumotlar bazasidagi ayrim ma‟lumotlar to‟plamlari
o‟z-o‟zidan rejalash, dasturlash va ko‟rsatkichlarni baholashga mos iqtisodiy-
matematik usullarni qo‟llashni talab etadi. Bu esa mos dasturiy ta‟minot
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ta‟minot vositalari butun tizim, uning funktsional ichki tizimlari, bloklari va
masalalar majmualari hamda ayrim masalalar uchun ishlanadi.
Hujjatlar tarkibiga maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun uslubiyatlar va
ko‟rsatmalar ham kiritilishi kerak.
YTLATning ta‟minot vositalarini tadbiq etish uchun EHMda va ananaviy
usullar bilan yechiladigan masalalar majmuasini uslubiy, axborot va tashkiliy
bog‟lash asosida yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‟yicha
loyihaviy yechimlarni olish texnologiyasi ishlangan bo‟lishi kerak. Uning asosida,
o‟z navbatida, PEHMlarda hisoblashlarni o‟tkazishning texnologik tartibi
yaratilishi talab qilinadi.
YTLAT ning ta‟minot vositalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- tezkorlik, ko‟p yechimlilik, belgilangan muddatlarga rioya qilish,
ishonchlilik va qo‟yilgan masalalarni aniq yechish;
- ma‟lumotlarga ishlov berish texnologiyalarini takomillashtirish, turli xil
ichki tizimlarning kelishilgan tarzda ishlashi;
- tizimni ta‟minlovchi vositalarning va resurslarning tejamli ishlatilishi.
YTLAT yordamchi qurilmalar ulangan personal kompyuterlar yoki lokal
tarmoqqa ulangan PEHMlar asosida yaratiladigan yer tuzuvchi – loyihachilarning
avtomatlashtirilgan ish o‟rni (AIO‟) orqali amalga oshiriladi. Amalda yer
tuzuvchining AIO‟ deganda odatda bitta yoki bir necha o‟zaro bog‟liq texnologik
jarayonlar masalalarini avtomatik tarzda yechishni ta‟minlaydigan texnik vositalar
bilan birga geoaxborot tizimlari (GAT), avtomatlashgan axborot tizimlari (AAT)
va dasturiy-uslubiy majmualar (DUM) tushuniladi.
37
8-rasm.. YTLAT ta‟minlovchi vositalar klassifikatsiyasi
Uslubiy
Loyihalashning
yagona tizimi
Loyihalar va
chizmalarning
mazmuni (tarkibi)
Ko‟rsatkichlar
tizimi
Chizmalar va
loyihalarni ishlash
usullari
Ахborot
Ko‟rsatkichlar
tizimi
Ma‟lumotlarni
formal ta‟riflash
vositasi
Ахborot fondi
Ахborot оqimini
tashkil etish
vositasi
Hujjatlar tizimi
Маtematik
Umumiy dasturiy
vositalar (DV),
operatsion tizimlar,
diagnostika fayllarini
yuritish uchun DV
Rejalashni va
loyihalashni avto-
matlashtirish DV
Uslubiy
yo‟naltirilgan
hisoblashlar DV
EТLAТning
funktsional maqsadli
DV
Hisoblash jarayonini
tashkil etish DV
Техnik
Eksplikatsiya
Loyihalash
Hujjatlar fondini
yaratish
EHM tarmoqlari
tarkibi (EHM va
ulanma qurilmalar
turlari va shakllari)
Tashkiliy
Tashkiliy tarkib
Huquqiy
me‟yorlar
Loyihalarni
ishlash jarayoni
boshqarish
Mutaxassislar
Ish техnologiyasi
|
| |