30
ariqlar, zovurlar, ko‟priklar,
elektr liniyalari, quvur o‟tkazgichlar va sh.o‟.)
shaklidagi obyektlarning joylashuvi to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni o‟z ichiga oladi.
Yer turlari, nuqtali va chiziqli obyektlar ro‟yxati, asosan yer tuzish, yer
kadastrini yuritish bo‟yicha me‟yoriy – huquqiy hujjatlar va ko‟rsatmalar asosida
tuziladi.
5.“Joyning relyefi” qatlamida balandliklar, yozma ko‟rsatilgan balandliklar,
yozma ko‟rsatilgan balandlik nuqtalari majmui, relyefning egilishlari va shakli
ko‟rsatiladi. Ushbu va oldingi uchta qatlamlar asosida yer tuzishni loyihalashda
foydalaniladigan, gorizontallar tushirilgan joyning plani tuzilishi mumkin.
6.“Geografik nomlar” qatlamida aholi yashash joylarining, ayrim hududlar-
ning, daryolarning, ko‟llarning, yer turlarining va sh.o‟. nomlari to‟g‟risida ma‟lu-
motlar keltiriladi.
Yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni ro‟yxatga olish, yer tuzish va
yer kadastrini o‟tkazish
maqsadida, zarurat tug‟ilsa boshqa kenglikka bog‟langan
ma‟lumot qatlamlari ham yaratilishi mumkin. Masalan: yer egaliklari, yerlarni
iqtisodiy baholash, sanitariya-himoya, muhofaza mintaqalari chegaralari, injenerlik
tarmoqlar, yo‟llar va boshq. bo‟yicha.
Qo‟shimcha qatlamlarni tizimda ma‟lumotlar almashish juda sekinlashib
qolishiga yo‟l qo‟yilmaydigan darajagacha kiritish mumkin.
Rivojlangan chet davlatlarda turli xil yer tuzish va yer kadastri masalalarini
yechish uchun YAT keng tarqalgan. Masalan, ulardan yer uchastkalarini
ro‟yxatdan o‟tkazishda, yer uchastkasi kartada ko‟rsatilganidan keyin u to‟g‟risida
ma‟lumot olish, yer uchastkasini yoki obyektni uning tartib raqami yoki manzili
bo‟yicha izlash, yuklarni tashishning optimal marshrutlarini aniqlash uchun va
sh.o‟. foydalaniladi.
Yer va mulk kadastrlarini yuritishda YAT
rayonlashtirishda turli xil
mintaqalarni ajratish, yerlarni va ko‟chmas mulk obyektlarini baholash, yer muno-
sabatlarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini yaratish uchun foydalaniladi.
Yer monitoringida bu tizimlardan yer uchastkalarini pasportlashda,
hududning ekologik holatini baholashda, ifloslovchi manbalarni aniqlash va
31
hududni ifloslovchi obyektlarning joylashuvini tahlil qilishda, yer usti va yer osti
suvlarida va atmosferada ifloslovchilar tarqalishi jarayonlarini modellashda,
yerdan foydalanishni va uni muhofaza qilishni nazorat etishda foydalaniladi.
Yer tuzishda YAT alohida muxim ahamiyatga ega.
Ulardan quyidagi yer
tuzish masalalarini yechishda foydalaniladi:
plan-xarita materiallarini yangilashda;
hududda yer tuzish izlanishlarini olib borishda;
yer uchaskalari chegaralaini o‟rnatishda (yer uchastkalarining joylarda
chegaralarini belgilash, tiklash va mahkamlash);
yer tuzishni loyihalashda (xo‟jaliklararo va xo‟jalikda ichki yer tuzishda,
ishchi loyihalarda);
qishloq xo‟jaligi yerlarida yer tuzish maqsadlari uchun hududni
aeroekologik,
ekologik-landshaftli,
ekologik-xo‟jalik
va
boshqa
turdagi
mintaqalashlarni o‟tkazishda; aholi yashash joylarida yer tuzish ishlarini
o‟tkazishda, shaharlarning yer xo‟jaligini tuzish loyihalarini ishlashda, shahar
qurilishida mintaqalash va loyihalashda;
ma‟muriy – hududiy bo‟linmalar darajasida yerdan foydalanish va uni
muhofaza qilishni rejalashtirishda.
O‟z navbatida yer tuzish ishlarini o‟tkazish davrida yig‟ilgan
ma‟lumotlardan YAT ma‟lumotlarini to‟ldirish va yangilash uchun foydalaniladi.
Masalan: yer fondini qayta taqsimlash uchun o‟tkazilgan xo‟jaliklararo
yer tuzish
loyihasi ishlangandan keyin yangi yer egaliklari va yerdan foydalanishlar yuzaga
keladi. Ularga biriktirilgan yer uchastkalari to‟g‟risidagi ma‟lumotlar YATlariga
kiritiladi va keyinchalik yerdan foydalanish bilan bog‟liq turli xil boshqarish
masalalarini yechishda foydalaniladi.
Ayrim hollarda yerga egalik qilish huquqi yer uchastkasi chegarasi
o‟zgarmasdan ham boshqa shaxsga o‟tishi mumkin. Masalan: agar yer egasi o‟z
yerini sotsa, sotib olgan shaxs oldi-sotdi hujjatlarini ro‟yxatdan o‟tkazgandan keyin
yangi yer egasiga aylanadi. Shundan keyingina, u yangi yer egasi sifatida YATga
kiritilishi mumkin. Bu vaziyatda yer uchastkasining o‟rnini, chegaralarini va
32
maydonini aniqlash bo‟yicha to‟la yer tuzish ishlari o‟tkazilmaydi. Shunga
qaramasdan, yer egasining o‟zgarishi jarayoni yer tuzish ishlari hisoblanadi va yer
tuzish hujjatlarini to‟ldirishni talab etadi, ular yerga bo‟lgan huquqning o‟zgarishi
uchun asos bo‟lishadi.
YATlarini
yaratishda
va
ular
ma‟lumotlaridan
foydalanishda
matematikaning:
geometriya; trigonometriya; matematik dasturlash, matematik
tahlil kabi turli xil bo‟limlaridan foydalaniladi.
YATlarini yaratishda matematik xaritalash ma‟lumotlaridan; samolyot va
kosmik uchish apparatlari yordamida o‟tkazilgan masofadan zondlash;
fotogrammetriya, geodeziya va topografiya ishlari natijalaridan, dala
kompyuter tizimlaridan, GPS vositalaridan keng foydalaniladi.