2.2. Geografik axborot tizimlari
Yer tuzishda avtomatlashtirilgan tizimlarni (YTLAT) yaratishni geografik
axborot tizimlaridan (GAT) keng foydalanmasdan amalga oshirish mumkin
emas. GAT – ixtisoslashgan kompyuter tizimlari bo’lib, o’z ichiga dasturiy
ta’minotni va hududiy bog’lanishga ega, katta hajmdagi chizma va yozma
ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va tayyorlash uchun zarur texnik
vositalar yig’indisini oladi.
Ma‟lumki, GAT tizimining asosini joyning elektron xaritasi (plani) tashkil
etadi. U obyektning fazoda uch o‟lchamli joylashishini tavsiflovchi rel‟efning
raqamlili modeli asosida tuziladi. Fazoviy (kenglik) ma‟lumotlar ko‟plab dasturiy
mahsulotlarda foydalaniladi (masalan AutoCAD, Surfer va boshq.), lekin GAT turli
xil boshqarish yechimlarini amalga oshirish bo‟yicha keng imkoniyatlarga ega.
Ular yangi ma‟lumotlarni yig‟ish, bor ma‟lumotlarni yangilash, yig‟ilgan
ma‟lumotlarni turli xil shakllarga aylantirish, ularni kenglik (hudud) va vaqt
bo‟yicha tahlil qilish, turli xil obyektlarni modellashtirish va kenglikda
joylashtirish hamda olingan natijalarni kompyuter monitorida ko‟rsatish va
an‟anaviy shakllarda (kartalar, planlar, jadvallar, chizmalar, grafiklar va boshq.)
chop etib olish imkoniyatlarini beradi.
GATlar XX asrning 60 yillaridan boshlab rivojlanib, keng tarqala boshladi.
Bunga hisoblash texnikasi vositalarining keskin rivojlanishi va baholarining
pasayishi, ularga ulanadigan kuchli ma‟lumotlarni kiritish, chiqarish va qayta
ishlash qurilmalarining yaratilishi zamin yaratadi.
GATning umumiy tarkibi 6- rasmda keltirilgan.
21
Ma‟lumotlarni kiritish tizimi o‟z ichiga dasturiy blokni oladi. Bu blok
ma‟lumotlarni olishga va mos texnik vositalarga javob beradi. Texnik vositalar
jumlasiga: digitayzerlar, tasvirlarni o‟qiydigan va kompyuterga kiritadigan
skanerlar; elektron geodeziya asboblari (taxeometrlar, teodalitlar, nivelirlar); tashqi
kompyuter tizimlari; foydalanuvchilarning kiritish vositalari (klaviatura, sichqon,
sensor ekranlari) kiradi. Turli qanday GAT ikki turdagi ma‟lumotlar bazasi bilan
ishlaydi: chizma va yozma.
6-rasm. GATning tarkibiy qismlari
Chizma ma‟lumotlar bazasi asosini raqamli shakldagi elektron kartalar
tizimi tashkil etadi. Yozma ma‟lumotlar kartalarning ma‟lum yuklamalarini o‟z
ichiga oladi. Ular hududiy kengliklarga taalluqli qo‟shimcha ma‟lumotlar bo‟lib,
kartalarga to‟g‟ridan-to‟g‟ri tushirilishi mumkin emas (hududlarning yozma
tavsiflari, hisobot yoki me‟yoriy ma‟lumotlar). Bu ikki turdagi ma‟lumotlar
bazalari maxsus formatdagi kompyuter fayllari bo‟lib, ularni ishlatish uchun
maxsus dasturlardan foydalaniladi. Bu dasturlar ma‟lumotlar bazalarini boshqarish
Chizma ma‟lumotlar
bazasini boshqarish
tizimi
Ma‟lumotlarni
kiritish tizimi
Yozma ma‟lumotlar
bazasini boshqаrish
tizimi
Ko‟rsatish
tizimi
Qayta ishlash
va tahlil
tizimi
Chiqаrish
tizimi
22
tizimlari (MBBT) deb ataladi. Ular mashina xotirasiga yozilgan ma‟lumotlarni
izlash, tanlash, qo‟shish va tuzatish ishlarini bajarish imkonini beradi.
Ma‟lumotlarni ko‟rsatish tizimi monitor ekraniga kartalarni, jadvallarni,
chizmalarni va boshqa ma‟lumotlarni chiqarishga mo‟ljallangan.
Qayta ishlash va tahlil tizimi ma‟lumotlarni mos tarzda guruhlash, baholash
va tahlil qilish imkonini beradi.
Chiqarish tizimi turli xil ma‟lumotlarni istemolchiga qulay shaklga keltirib
berish uchun mo‟ljallangan. Bu tizimning texnik vositalari tarkibiga plotterlar,
printerlar, multimedia proyektorlari va boshqa yozma va chizma hujjatlarni
tayyorlash hamda qilingan ish natijalarini ko‟rgazmali namoyish etish imkonini
beradigan qurilmalar kiradi.
Boshlang‟ich davrda GATlar turli xil hududiy muammolar bilan bog‟liq
boshqarish yechimlarini qabul qilishga qaratilgan edi. Shuning uchun ham
Yevropa ittifoqi, AQSh, Kanadada ular bilan birinchi navbatda mahalliy
hokimiyatlar ta‟minlandi va asosan quyidagi vazifalar yechildi:
- joyni xaritalash;
- ko‟chmas mulkni hisobga olish, mulklar reestrini tuzish va ularning
joylashgan o‟rinlarini aniqlab, hududlarga bog‟lash;
- shaturlilar va tumanlar, ayrim hududiy majmualarning yerlarni muhofaza
qilish va ulardan foydalanish bosh loyihalari asosida kelajakdagi va tezkor
rivojlanish rejalarini ishlash;
- hududning tabiiy resurslari ahvolini, ekologik sturlioitini o‟rganish va atrof
muhitni ekologik va iqtisodiy baholash;
- yo‟llar, injenerlik tarmoqlari, maishiy xizmat xo‟jaligi, foydali qazilma
boyliklarning tabiiy zahiralar joylashgan o‟rinlarini va ulardan foydalanilishlari
to‟g‟risida aniq ma‟lumotlarni olish;
- ishlab chiqarish va ijtimoiy infratizim obyektlarining joylashuvi, binolar va
inshootlarni joriy ta‟mirlashni o‟tkazish, jamoa transportining qatnov yo‟nalishla-
rini va tartiblarini ishlab chiqish, soliqqa tortish, investitsiyalarni rejalash,
favqulotdagi holatlarda evakuatsiya rejalarini tuzish;
23
- maishiy xo‟jalik ahvolini nazorat qilish, yer monitoringini olib borish,
energiya, issiqlik, suv ta‟minoti va sh.o‟. tizimlar nazorati.
Shunday qilib GAT nafaqat ma‟muriy boshqaruv ahamiyatiga ega
ma‟lumotlardan (mulklarning taqsimlanishi, soliqlar va yig‟imlar, maishiy
tarmoqlarning borligi to‟g‟risidagi ma‟lumotlar) foydalanish, balki, hudud bilan
bog‟langan yagona ma‟lumotlar tizimini shakllantirish imkonini yaratdi.
Zamonaviy GATlarni uchta guruhga bo‟lish mumkin.
|