24
GATlariga
MapInfo, WinGis, ArcView, AtlasGis, GeoGraf va boshqalar kiradi.
Ular asosan ilmiy, o‟quv va ma‟lumot olish maqsadlarida foydalanish hamda
kattaroq GATlar uchun ma‟lumotlar tayorlashga mo‟ljallangan.
Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimlari rivojlanishi, turli xil yerlar va
ular bilan bog‟liq ko‟chmas mulklarni baholash, hisobini olib borish bilan bog‟liq
tasvirga olishlar, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va avtomatlashtirilgan
xaritalash maxsus yer axborot tizimlari (YAT, ing. LIS) paydo bo‟lishiga olib
keldi. Ular yer tuzish ishlarini bajarishda ham keng qo‟llanila boshladi.
Yer tuzish izlanishlarida GAT hududlar to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni yig‟ish,
uzatish, saqlash, tahlil qilish, ko‟rsatish va chiqarish tizimi sifatida katta
ahamiyatga ega. Xususan YTLAT va GAT hududga bog‟langan ma‟lumotlarni yer
tuzishni loyihalash maqsadida to‟plash va foydalanish imkonini beradi.
GAT o‟zida yaxshi ishlangan MBBTga va yer sathini tavsiflaydigan
ma‟lumotlarni boshqarish maqsadida yuqori darajali kompyuter grafikasiga ega.
GAT obyektlar yoki yer sathini tavsiflovchi turli xil turdagi ma‟lumotlarni –
koordinatalar, shakllar, kenglik bo‟yicha ma‟lumotlar, yozma ma‟lumotlar va
sonlarni qayta ishlash imkonini beradi. Barcha turli xil ma‟lumotlar bitta modelga
jamlanadi. Undan keyin chizmaga asoslangan interaktiv asboblar ma‟lumotlarni
boshqarishni, ularni tuzatishni, so‟rovlar yaratishni, tahlilni va natijalarni
chiqarishni ta‟minlaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib GATga quyidagi ta‟rifni berish mumkin.
GAT -
mashina - dastur majmuasi bo’lib, atrof muhitni inventarizatsiya-
lash, tahlil qilish, modellashtirish, bashoratlash va boshqarish bilan bog’liq
hamda ta’lim sohasida tushunish maqsadida, ilmiy va amaliy masalalarni
yechishda samarali foydalanish uchun, aniq hududga taalluqli kenglikka
bog’langan ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash,