17
Ularning eng ko‟p tarqalganlari: AutoCAD, CAD+GEO. AutoCADning oldingi
avlodlarida murakkab dasturlarni AutoLISPga (AutoCAD ga o‟rnatilgan dasturlash
turi) yozishda EHM larning tezligi va tezkor xotirasi sig‟imi kamligi bilan bog‟liq
muammolarga duch kelindi.
AutoCAD ning oxirgi avlodlarida ko‟plab muammolar yechildi, biroq, shuni
hisobga olish kerakki, bu mahsulot asosan LIAT masalalarini yechishga
mo‟ljallangan va yer tuzishning avtomatlashtirilgan texnologiyalarini shakllantirish
uchun asosiy vosita bo‟la olmaydi. Lekin, u yer tuzish ishlarining umumiy
texnologik tizimidagi bir element sifatida xizmat qilishi mumkin.