YTLATning ahamiyati, o’rni va vazifalari




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/84
Sana02.02.2024
Hajmi3,13 Mb.
#150160
TuriУчебное пособие
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

1.3. YTLATning ahamiyati, o’rni va vazifalari 
Yer tuzish loyihalarini ishlash, yer tuzish ishlarining asosiy qismlaridan biri
hisoblanadi. Undan tashqari bu tarkibga quyidagilar ham kiradi : 
- davlat yer kadastri, monitoringi va yerlarni baholash ishlarini olib borish. 
Ularning ma‟lumotlari yer resurslarini boshqarish bo‟yicha qarorlar qabul qilishda 
axborot asosi sifatida xizmat qiladi; 
- plan-xarita materiallarini yaratish va yangilash, yer tuzish va yer kadastri 
ishlarini bajarish uchun zarur maxsus izlanish va qidiruvlarni o‟tkazish; 
- yer tuzish va yer kadastri uchun zarur topografik-geodezik ishlarni bajarish; 
- yer resurslaridan foydalanishni rejalash va bashoratlash; 
- yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‟yicha davlat 
dasturlarini ishlash va amalga oshirish; 
- yer tuzish loyihalari asosida yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza 
qilishni tashkil etish; 
- yer munosabatlarini tartibga solishning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari 
vazifalarini amalga oshirish; 


12 
- yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib 
borish. 
Yer tuzish xizmatining ishi va unda yaratiladigan avtomatlashtirilgan 
tizimlarning samaradorligi barcha yuqorida sanab o‟tilgan vazifalar birgalikda 
yechilsagina yuqori bo‟ladi. 
Iqtisodiy islohotlar o‟tkazilayotgan yangi sturlioitda yer tuzish xizmatining 
vazifalari doirasi keskin kengaydi. Bu esa o‟z navbatida bir biri bilan aloqador, 
ko‟p bosqichli tarkibga ega va nafaqat ichki foydalanuvchilar, balki tashqi standart 
va nostandart so‟rovlar uchun ham ochiq avtomatlashgan tizimlarni yaratish 
zaruratini tug‟diradi. Bunday avtomatlashgan tizimlar 2-rasmda keltirilgan. 
2-rasm.YTLAT bilan bevosita bog‟liq avtomatlashgan tizimlar 
Bu bo‟linishdagi ayrim tizimlar boshqa tizimlar tarkibiga kirishi ham 
mumkin (masalan TGMIBAT YEKAT tarkibiga kirishi mumkin). Biroq ularning 
asosiy funktsional vazifalari (1-rasm) ularning yuqori tizim tarkibida ham yetarli 
darajada mustaqil ishlash imkonini beradi. TGMIBAT ma‟lumotlarni elektron 
taxeometrlar, yer yo‟ldoshlari tizimlari, digitayzerlar, skanerlar, an‟anaviy usullar 


13 
va vositalardan foydalanib, aerotasvirgeodezik va yerda tasvirga olish usullari 
yordamida olishga mo‟ljallangan. Uning yordamida olingan obyekt to‟g‟risidagi 
ma‟lumotlar asosida topografogeodezik ma‟lumotlar banki yaratiladi. 
3-rasm. Yer resurslarini boshqarishda qo‟llaniladigan avtomatlashgan tizimlar
Тopografo-geodezik ma‟lumotlarni olish va ishlov berishning 
avtomatlashgan tizimi (ТGMIBAТ)
Ichki tizimlar: kosmik, aerotasvirgeodezik, yerda to‟planadigan 
ma‟lumotlar. 
Kartografik ma‟lumotlarga ishlov berishning avtomatlashgan tizimlari 
(KMIBAТ). 
Ichki 
tizimlari: 
kartografik 
materiallarni 
sonli 
ma‟lumotlarga aylantirish va yer yuzasining sonli modelini yaratish; 
koordinatalarni, shartli belgilarni, karta o‟lchamlarini sonli ko‟rinishga 
aylantirish; kartalarni tuzish, geografik tahrirlash, ko‟paytirish, 
yangilarini yaratish. 
Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi (YEKAТ). Ichki tizimlari: 
yer yuzasining sonli modellarini yaratish, yig‟ish va tuzatishlar kiritish; 
birlamchi ma‟lumotlarga ishlov berish; yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlarning yerlarini hisobga olish, ro‟yxatdan o‟tkazish; 
yerlardan foydalanishni nazorat qilish, yer monitoringi; me‟yoriy 
ta‟minotni shakllantirish; standart so‟rovlar bo‟yicha hujjatlarni 
tayyorlash, nostandart so‟rovlarni ta‟minlash. 
Rejaviy yer tuzish hisoblashlari avtomatlashgan tizimi (REТHAТ). 
Ichki tizimlar: maxsus me‟yoriy axborot ta‟minoti; yerdan 
foydalanishni rejalash va bashoratlash; yerdan samarali foydalanishni 
tashkil etish bo‟yicha tadbirlarni dasturlash; yerdan foydalanishning 
maxsus tartibi va shartlariga ega hududlar chegaralarini belgilash.
Yer tuzishni loyihalashning avtomatlashgan tizimi (YEТLAТ). Ichki 
tizimlari: me‟yoriy axborot ta‟minoti; yer tuzish ishlarini tashkil qilish 
va rejalashtirish; loyiha oldi hisoblashlari; xo‟jaliklararo yer tuzish; 
xo‟jalikda ichki yer tuzish; ishchi loyihalash 


14 
Kartografik ma‟lumotlarga ishlov berish tizimi (KMIBAT) kartografik 
materiallarning raqamli ma‟lumotlarga aylantirish va hududning raqamli modelini 
yaratish, yaratilgan yoki boshqa tizimlardagi hududning raqamli modellaridan 
kartalarni tuzishda, ularni ko‟paytirishda grafikaviy tahrirlashda foydalanish uchun 
qo‟llaniladi. 
Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi (YEKAT) yer uchastkalarining 
son va sifat tavsiflari bo‟yicha ma‟lumotlarni o‟zida mujassamlaydi va yer hisobini 
olib borishga, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni ro‟yxatga olishga, tuproq 
bonitirovkasini o‟tkazishga, yerlarni baholashga, yerlardan foydalanish ustidan 
nazoratni olib borishga va davlat organlarini yer munosabatlarini huquqiy tartibga 
solish, iqtisodiy ta‟sir va rag‟batlantirish usullaridan foydalanishlari uchun axborot 
bilan ta‟minlashga qaratilgan. 
RETHAT yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalash va 
bashoratlashga, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi maqsadli 
davlat dasturlarini ishlashga, yer munosabatlarini tartibga solishning iqtisodiy 
mexanizmini joriy etishga, standart va nostandart so‟rovlarni ma‟lumotlar bilan 
ta‟minlashga qaratilgan. 
YTLAT esa yer tuzish masalalarini yechishning asosiy tizimi bo‟lib, u 
xo‟jaliklararo va xo‟jalikda ichki yer tuzish ishlarini bajarishda, ishchi loyihalarni 
amalga oshirish ustidan mualliflik nazoratida foydalaniladi.
3-rasmda keltirilgan tizimlar orasidagi aloqalarni va yangi bozor iqtisodiyoti 
sturlioitidagi yer tuzish ishlari mazmunini tahlil qilish «O‟zbekiston yer resurlarini 
boshqarish» super tizimining modelini yaratish mumkinligini ko‟rsatadi va ushbu 
super tizim tarkibida YTLAT ning o‟rnini aniqlaydi (4 rasm). 
Yer tuzishni loyihalash ishlari bilan «O‟zdaverloyiha» instituti va uning 
viloyatlardagi bo‟linmalari shug‟ullanishlarini hisobga olib YTLAT ni ushbu 
institutda va uning viloyat bo‟linmalarida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.


15 
4-rasm. Davlat yer resurslarini boshqarishning avtomatlashgan tizimi tarkibida
YTLAT 

Download 3,13 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 YTLATning ahamiyati, o’rni va vazifalari

Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish