Avtomatlashgan tizimga o‘tkazish obyekti




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/84
Sana02.02.2024
Hajmi3,13 Mb.
#150160
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
portal.guldu.uz-Milliy dinlar, “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI, 1-амалий иш МТА, 3-practice task, 46233 UMK, asdsadsadsadsad asdsadsadsadsad, fayl2, fayl3, 14 doklad, 13, 15, 2-amaliy ish kompyuter tarmoqlari, 14 Лекция, 3-dars Suv –hayot manbai.
Avtomatlashgan tizimga o‘tkazish obyekti sifatida yer tuzishni 
loyihalash jarayonlari, ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish, loyihaviy 
yechimlarni asoslash, loyihaviy hujjatlarni shakllantirish masalalari qabul 
qilingan. 
YTLAT yer tuzish bo‟yicha loyiha-qidiruv tashkilotlarida mehnatni ilmiy
asosda tashkil etishni ta‟minlashga, loyihaviy hisoblashlarni avtomatlashtirishga, 
xo‟jaliklararo va xo‟jalikda ichki yer tuzish loyihalarini va ishchi loyihalarni tuzish 
hamda loyihalarning hayotga tadbiq etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga 
oshirishga, qabul qilingan yechimlarning kelib chiqishi mumkin bo‟lgan 
oqibatlarini tahlil qilishga xizmat qiladi. 
YTLAT ni amaliy yaratishda yer – ishlab chiqarish - aholi - ekologiya 
tizimidagi o‟zaro bog‟liqlikni tavsiflovchi ko‟rsatkichlar va o‟zaro aloqalar 
tizimini to‟g‟ri belgilash hamda YTLAT qo‟shni yoki funktsional bog‟langan 
yuqori darajadagi boshqa avtomatlashgan tizimlar bilan aloqalarini hisobga olish 
zarur.
Yer tuzish juda murakkab jarayon bo‟lib, yer tuzish loyihalari doimiy 
o‟zgarib turuvchi: ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish, yerlardan oqilona, 
samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‟liq juda ko‟p yozma va 
chizma hujjatlardan iborat bo‟ladi. Shu sababli, yer tuzishni loyihalash bir martalik 
yoki davriy xarakat bo‟lmay, balki, loyihani ishlash, takomillashtirish va amalga 
oshirish bilan bog‟liq to‟xtovsiz jarayondir. Demak YTLAT ham yer egaliklari va 


11 
yerdan foydalanichilarni tashkil etish jarayonini tartibga soluvchi umumiy davlat 
tizimi bilan ajralmas bog‟langan doimiy xarakatdagi va rivojlanishdagi 
avtomatlashgan tizim sifatida tashkil etilishi kerak.
Yer tuzishni loyihalash jarayonining yana bir o‟ziga xos tomoni shundaki, u 
juda murakkab bo‟lib, unda ko‟p raqamli muqobil yechimlarni, o‟zaro aloqalarni 
miqdor va sifat jihatdan hisobga olishga to‟g‟ri keladi. O‟zaro sifatiy aloqalarni 
raqamli ta‟riflash qiyin bo‟lganligi sababli, YTLAT inson -mashina tizimi 
shaklida yaratilishi maqsadga muvofiq. Bu tizimda sifatiy (raqamlarda ifodalash 
mumkin bo‟lmagan) ma‟lumotlarni tayyorlash va yechimni qabul qilish jarayoni 
to‟g‟ridan-to‟g‟ri yuqori malakali mutaxassis tomonidan, raqamli ma‟lumotlarni 
yig‟ish, saqlash, yangilash va berish, hisoblash operatsiyalarining mos texnik 
vositalaridan foydalanilgan holda, kompyuter dasturlari yordamida bajarilishi 
kerak. 

Download 3,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashgan tizimga o‘tkazish obyekti

Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish