tasvirlash va tarqatishni ta’minlaydi.
GAT qo‟llaniladigan sohalar juda keng. Ular: tabiiy resurslardan foydala-
nish; qishloq xo‟jaligi; landshaftli rejalash; yer to‟g‟risidagi ma‟lumotlar tizimi
(kadastrlar); atrof muhit va yerdan foydalanish; ekologiya; favqulotdagi holatlarni
25
tahlil qilish; shaturlidan tashqaridagi yerlardan foydalanish; statistika va
modellashtirish; o‟rmon xo‟jaligi va biznes; tranport; turizm sanoati; shaturlilarni
rejalash; geologiya; ta‟lim; sog‟liqni saqlash va boshq.
Kenglik ma‟lumotlarini yoki oxirgi amaliy vazifani modellash turiga bog‟liq
bo‟lmagan holda GAT texnologiyasi quyidagi ustunliklarga ega:
- yagona birlashgan ma‟lumotlar modeli turli xil ma‟lumotlarni boshqarishni
yengillashtiradi va ortiqcha ishdan qutqaradi, bu esa xatolar soni kamayishiga va
mehnat unumdorligi oshishiga olib keladi;
- oddiy va o‟rta murakkab masalalarni yechish uchun turli xil turdagi
hududiy va nohududiy ma‟lumotlarni tahlil qilish va so‟rovlarni kiritish, natijalarni
bashoratlash, yechimlarni sinab ko‟rish imkonini beradi;
GATning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
- kartografik ma‟lumotlarni digitayzer, skaner, raqamli fotokamera, sichqon
yordamida kiritish, boshqa tizimlardan fayllarni olish (shu jumladan ma‟lumotlar
formatlarini almashtirib), rastrli tasvirlarni yarim avtomat interaktiv vektorlash;
- kartografik va yozma ma‟lumotlar bazasini boshqarish (ularning arxitektu-
rasini yaratish, kartografik va boshqa obyektlar orasida aloqani o‟rnatish,
ma‟lumotlarni yangilash, izlash, tanlash); turli xil turdagi vektorli va rastrli
ma‟lumotlar qatlamini, yuzalar qatlamini va uch o‟lchamli obyektlarni qo‟llash;
- tizim ichida dasturlash tilining mavjudligi foydalanuvchiga tizim ichida
hisoblash dasturlarini va boshqa foydalanuvchilar ilovalarini, yangi turdagi
ma‟lumotlar qatlamlarini yaratish imkonini beradi, boshqa ma‟lumotlar bazasiga
va GATlarga erkin kirishni ta‟minlaydi, foydalanuvchilarning interfeys tizimlarini
o‟zgartiradi va to‟ldiradi;
- koordinatalar tizimini o‟zgartirish va kartografik proyektsiyalarni
ellipsoidda va sturlida o‟zgartirish, tayanch nuqtalari bo‟yicha tasvirlarni tuzatish;
- o‟lchashlarni o‟tkazish (uzunlikni, maydonlarni, perimetrlarni, obyekt
shakllari tavsiflarini hisoblash);
- ma‟lum uzoqlik sturlitlarini qoniqtiruvchi poligonlarni qurish, yaqin
qo‟shni poligonlarni izlash;
26
- ko‟plab kartografik obyektlar ustida amallarni bajarish (bo‟lish, qo‟shish,
chiqarish);
- tarmoqlardagi amallar: optimal marshrutlarni aniqlash va boshq.
- doimiy va vaqtinchalik tayanch nuqtalari tarmoqlari asosida yuzani qurish
va ularni tahlil qilish;
- turli bir ayrim hudud bo‟yicha ma‟lumotlar butunligini buzmasdan va
takrorlantirmasdan ko‟plab hududlar bilan (turli biri o‟zining ichki koordinatalari
ko‟rsatkichlariga ega bo‟lishi mumkin) yagona koordinatalar kengligida bir vaqtda
kelishilgan tarzda ishlash imkoniyatini ta‟minlovchi, virtual birlashtirilgan
tartibdagi kartografik ma‟lumotlar bilan ishlash;
- hududlarni ustma-ust ko‟p marta taxlash bilan georelyatsion ma‟lumotlar
bazasi arxitekturasini qurish, bu kartografik obyektdan uning yirik miq‟yosli
ko‟rinishi hisoblangan yangi hududga o‟tish imkonini beradi;
- raqamli fotogrammetriya va stereo tasvirlarni RSda qo‟shish (keyinchalik
stereo tasvirlarni yaratish va birinchi tasvirga olishda yuzaga keladigan geometrik
og‟ishlarni yo‟qotish uchun stereo juftligi rasmlarini birlashtirish; aniq fotogram-
metriya masalasi uchun avtomatlashgan tarzda relyefning raqamli modelini nisbiy
va absolyut koordinatalar tizimida yaratish va chiziqli o‟lchashlarni o‟tkazish; sath
chiziqlari va relyef tasvirining uch o‟lchamli raqamli modeli asosida sintezlash;
rangli va oq-qora stereo tasvirlarni shaxsiy kompyuterlarda ko‟rsatish;
stereoskopik tasvirlarni miqyoslash);
- hisobot shaklini umumlashtirish va tarkibiga oq-qora va rangli kartalarni
yaratish, rasmiylashtirish, boshqa masshtabdagi kesimlari va tushuntirish matnlari
keltirilgan oynalarni, grafik elementlarni va sh.o‟. joylashtirish;
- yozma va chizma ma‟lumotlarni turli xil printerlarda, plotterlarda
chiqarish, fayllar yaratish, boshqa tizimlarga o‟tkazish (shu jumladan ma‟lumotlar
formatlarini o‟zgartirib).
GATlarda ishlatiladigan ma‟lumotlar kartografik asosdan va unga mos
ma‟lumotlar bazasidan iborat bo‟ladi. Chizma ma‟lumotlar kompyuterlarga turli xil
usullar va manbalardan kiritiladi. Karta va planlarni raqamli ko‟rinishga o‟tkazish
27
uchun digitayzerli kiritishdan – ya‟ni turli bir karta obyekti uchun koordinatalar
nuqtalarini topish usulidan foydalaniladi. Bu ko‟p mehnat va aniqlik talab etadigan
qiyin jarayon, bunda xatoliklarga yo‟l qo‟yish xavfi katta. Shunga qaramasdan
jarayonni avtomatlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan:
1) kartografik asosni skanerlash (natijada karta rastr ko‟rinishida saqlanadi,
ya‟ni matritsa shaklida, bunda turli bir element bir nuqtani tavsiflaydi);
2) rastrni raqamli ko‟rinishga ekranda aylantirish.
Dasturning avtomatlashtirilganligi darajasiga qarab, ekranda foydalanilayot-
gan tasvir vektorizatorga va ekran muturliririga bo‟linadi. Vektorizator avtomatik
tarzda tasvirni raqamli ko‟rinishga o‟tkazadi. Ekran muturliriri digitayzerning
o‟rnini bosadi va bahosi bo‟yicha yer tuzish tashkilotlarida foydalanish uchun
qulay.
Barcha quvvatli GATlar ( GeoDraw, Microstation, MapEdit, EasyTrace,
SportLight, ArcInfo, Intergraph, Caddy va boshq.) avtomatlashtirilgan kiritishni
qo‟llovchi maxsus modelga ega. Biroq bular yuqori unumli jihozlarni talab
etadigan qimmatbaho tizimlardir, shuning uchun ham ko‟p foydalanuvchilar o‟z
ehtiyojlari uchun boshqa dasturlarni (masalan, AutoCAD) moslaydilar. Bunday
yondashuv avtomatlashgan raqamli ko‟rinishga o‟tkazish tizimlarini va ularga
ilovalarni ishlash xarajatlarini minimal darajagacha kamaytiradi.
Keyingi yillarda GATlarni tayyorlash qattiq rivojlanmoqda. Bugungi kunda
geodeziya, yer tuzish, yer kadastri mutaxassislari uchun ishlangan «Ponarama»
firmasining professional GAT karta 2008 dasturiy mahsulotini va «Kredo –
Dialog» kompaniyasining “CREDO VUZ 2006” dasturiy majmualarini yaxshi va
arzon Geoaxborot texnologiyalari sifatida qabul qilish mumkin.
Yer tuzish maqsadlari uchun yer tuzishni loyihalash obyektlari ma‟lumotlar
bankini shakllantirish tamoyillarini yaratish va unda foydalaniladigan,
o‟rganilayotgan hududning tabiiy va antropogen sturlioitlari bilan to‟g‟ridan-
to‟g‟ri bog‟liq, ma‟lumotlarning xususiyatlarini to‟la hisobga olish katta
ahamiyatga ega.
|