To’rtinchi darajaga geoaxborot tizimlarini (GAT) yaratish, kartografik
materiallarni qayta ishlash va boshlang‟ich kartografik-geodezik ma‟lumotlarni
qayta ishlashdan to tuziladigan loyihaning asosiy nusxasini tayyorlashgacha
bo‟lgan, to‟la avtomatlashgan texnologik jarayonni yaratish uchun kuchli
vositalarga ega dasturiy mahsulotlar kiradi. Ularga Intergraph firmasining MGE
mahsulotlari, ESRI va Erdas firmalarining ArcInfo 8,0 va undan yuqori hamda
Erdas Imaging komplekslari (majmualari) kiradi. Hozirgi kunda Rossiya
Federatsiyasining «Ponorama» va Belorusiya davlatning «Kredo-Diolog» dasturiy
majmualarini ham ushbu darajaga kiritish mumkin.
Eng taniqli va kuchli geografik axborotlar bilan ishlashga va kartografik
tasvirlarni qayta ishlashga mo‟ljallangan dasturiy texnik majmua MGE va
Intergraph firmasining masofaviy zondlash ma‟lumotlarini qayta ishlovchi
dasturiy vositalari hisoblanadi. Bu tizim turli xil kartalarda, kosmik va
aerotasvirlarda va boshq. keltirilgan. Turli xil hududiy chegaralangan yozma va
chizma ma‟lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish, birlashtirish va
modellash uchun ko‟plab vazifalarni bajarish bo‟yicha katta imkoniyatlarga ega.
Intergraph dasturiy mahsulotlari orasida yuqori darajada murakkab,
grafikaviy tasvirlar bilan ishlash, kartografik ma‟lumotlarni qayta ishlash va tahlil
qilish, ma‟lumotlar bazasida axborotlarni saqlash va kiritish, uch o‟lchamli model-
larni tuzish, o‟z texnologiyasiga tayyor yoki foydalanuvchi tomonidan ishlangan
19
mavzu bo‟yicha modullarni kiritish, zarur interfeyslarni yaratish uchun turli xil
amaliy vazifalarni ta‟minlaydigan xususiy foydalanish tizimini yaratish mumkin.
«Panorama» majmuasi tarkibi 5 – rasmda keltirilgan.
5-rasm. Panorama majmuasi tarkibi
“Panorama” geoaxborot texnologiyasi yuqorida keltirilgan 4 ta bir birovini
to‟ldiruvchi dasturiy majmuadan iborat bo‟lib, bugungi kunda yer tuzish va yer
kadastri ishlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan texnologiya hisoblanadi. Bu
texnologiya Rossiyada ishlanganligi sababli, foydalanishda qulay va MDH
tarkibidagi davlatlar yer tuzish tizimiga tez moslashtiriladi.
“CREDO” dasturiy kompleksi ham yer tuzish va yer kadastri ishlarini
avtomatlashtirish imkonini beradigan va oliy o‟quv yurtlarida ta‟lim jarayonlariga
joriy etish uchun mo‟ljallangan. Uning tarkibida 5 ta o‟quv to‟plamlari bor:
Umumiy to‟plam; “Yo‟llar” to‟plami; “Injenerlik geologiyasi” to‟plami;
“Geodeziya va yer tuzish” to‟plami; “Sanoat va fuqarolik qurilishi” to‟plami.
Hamma to‟plamlar 11 kompyuter birlashtirilgan tarmoqda ishlashga mo‟ljallangan.
Server vazifasini bajaruvchi kompyuter tarmoq himoya kalitlarini o‟rnatish uchun
LPT yoki USB portlariga ega bo‟lishi kerak.
Yuqoridagi aytilganlardan ko‟rinib turibdiki yer tuzishni loyihalashning
avtomatlashtirilgan tizimini yaratish quyidagi masalalarni yechishni taqoza etadi:
20
YTLATning maqsadini, obyektlarini, tarkibini va vazifalarini belgilash;
YTLATni yaratishning nazariy asosini tashkil etuvchi kontseptsiyasini
ishlash;
YTLATning kontseptual asoslaridan kelib chiqadigan, uning element-
larini loyihalashga qo‟yiladigan talablarni aniqlash.