75
YTLAT tipidagi tizimlardan foydalanish jarayonida dasturlari ishlatiladi-gan
kutubxona juda tez o‟sadi, bu esa ishlab chiqarish sturlioitida
ulardan foydala-
nishni qiyinlashtiradi va yangi dasturlar yaratish, mavjudlarini
takomillashtirish
bilan shug‟ullanadigan mutaxassislarning doimiy qatnashishini zarur qilib qo‟yadi.
Bu tizimni ishlatib turishni jiddiy qimmatlashtiradi va uning ishonchliligini
pasaytiradi.
Hozirgi
vaqtda
qo‟llanilayogan
avtomatlashtirish
texnalogiyalari
loyihalashni to‟la qamrab olmaydi.
Bu jarayonda, ayrim xarakatlar mutaxassislar
tomonidan qo‟lda bajariladi. Bu muammoni to‟la yechish sun‟iy
intellekt
tamoyillarida faoliyat ko‟rsatadigan tuzim yaratish bilan bog‟liq. Hamma gap
shundaki, ma‟lumotlarga chuqur ishlov berish va ularni
interpretatsiyalash hamda
hulosalarni shakllantirish hamma vaqt ham qattiq mantiq asosida olib boriladigan
hisobotlar orqali amalga oshirilmaydi. Ular evristik jarayon bo‟lib,
faqat tajribali,
yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ko‟pchilik
hollarda, o‟rganilayotgan obyekt to‟g‟risidagi ma‟lumotlarning va bilimlarning
obyektiv
yetishmasligi,
turli
qanday
dasturiy
majmuaning
cheklangan
imkoniyatlari sturlioitda, optimal yechimni topish talab etiladi .
Pastki tizimning amaliy dasturlari to‟plamlarining mazmuni ular tomonidan
yechiladigan aniq yer tuzish masalalari yig‟indisiga bog‟liq bo‟ladi.