72
Aylantirish tizimi (YER elementi) vazifalariga keyinchalik ular bilan ishlash
uchun YTLATga boshqa avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanib, tayyorlan-gan
ma‟lumotlarni kiritish imkonini ta‟minlash kiradi. Bu tizimning xozirgi
bosqichdagi o‟ziga hos xususiyati ma‟lumotlarni almashishning yagona xalqaro
formati yo‟qligidir. Hozircha ma‟lumotlarni uzatish va ularning sintaksisiga
qo‟yiladigan talablarga nisbatan kelishuv bor, grafikaviy ma‟lumotlarni almashish
uchun bir necha halqaro standartlar mavjud va ulardan eng taniqlilarining format-
lari yetarlik darajada keng yoritilgan. Shunday qilib, ushbu muammo grafikaviy va
o‟lchamli ma‟lumotlarni ajratib aylantirish asosida yechilmoqda, lekin, buning
oqibatida ma‟lumotlar uzatilgandan keyin qator xarajatlarni qaytadan bajarish
zarurati tug‟ilishi mumkin. Tizimni yaratishda grafikaviy elementlar va mos atribu-
tiv (xususiy) ma‟lumotlar orasida ikki tomonlama bir xil ahamiyatli aloqalarni
o‟rnatish bilan bog‟liq barcha ishlarni minimallashtirishga xarakat qilish kerak.