"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru




Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana14.05.2024
Hajmi1,22 Mb.
#233108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 chorraha o tkazuvchanligini oshirish metadalogiyasi namangan shahri

"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru
 
194 
infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti gurkirab rivojlanmoqda, 
mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishida ham mamlakatning transport 
salohiyati asosiy turtkilardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirda ko‘plab horij 
mamlakatlarida shahar jamoat transportini har tomonlama rivojlantirishga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Shahar aholisi va tashrif buyurgan mexmonlarga qulaylik 
yaratish maqsadida shahar jamoat transportida yangidan-yangi innovatsion 
g‘oyalarni qo‘llagan holda ushbu soha faoliyatini yanada takomillashtirish o‘ta 
muximdir. 
Katta 
shaharlarda 
transport 
oqimlarini 
boshqarishning 
samarali 
strategiyalarini izlash, yo‘l tarmog‘ini, undagi muhandislik inshootlarini 
loyihalashda va transport oqimini tashkil qilishda maqbul еchimlarni topish uchun 
transport oqimlarining juda keng doiradagi xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
Namangan rivojlanayotgan katta shaharlarda eng katta muommolardan biri 
avtotransport vositalarini tirbandligi bo‘lib, bu moammo uzoq vaqtlardan buyon 
turli yo‘llar bilan еchimini izlash, hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, 
qo‘shimcha avtomobil yo‘llarini qurilish, mavjud berkitib tashlangan yo‘llarni 
ochish, yangi turdagi transport vositalarini (masalan, metro, traleybus) amaliyotga 
joriy qilish, transport oqimlarini qayta taqsimlash bo‘yicha еchimlar izlanmoqda 
[1]. 
Transport oqimlarining harakatini o‘rganishda ko‘p omilli modellashtirish 
juda istiqbolli bo‘lib, bu ma’lum bir boshlang‘ich parametrlar to‘plami uchun real 
transport holatiga adekvat bo‘lgan simulyatsiya modelini yaratish va svetoforni 
boshqarishning optimal rejimini topish imkonini beradi.
Matematik modellashtirish zamonaviy axborot texnologiyalari bilan 
birgalikda yo‘l tarmog‘i diagrammalarini loyihalash, svetofor parametrlarini 
o‘zgartirish va yo‘l o‘tkazuvchanligiga qanday ta’sir qilishini (real vaqt rejimida) 
kuzatish mumkin bo‘lgan dasturiy muhitni yaratish imkonini beradi. Virtual 
muhit qisqa vaqt ichida shahar yo‘l tarmog‘i faoliyatini takomillashtirish va 
yaxshilashga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarning samaradorligini tekshirish 
imkonini beradi. 
Chorrahalarda yo‘l harakatining tashkil etilishi (YHTE) ulardagi transport 
oqimining intensivligi bilan belgilanadi. Agar chorrahadagi harakat hajmi 
nisbatan past bo‘lsa, chorraha nazoratsiz bo‘lib ishlashi mumkin. Shu bilan birga, 
bunday chorrahaning samaradorligi chorrahaga yaqinlashishdagi etarli 
miqdordagi qatorlar, shuningdek, transport oqimlarining intinsivligi bilan 
belgilanadi. Harakatning intensivligi oshib, ma’lum qiymatlarga еtganda, 
chorrahadagi harakatni bir darajadagi tashkil qilish faqat svetofordan 
foydalanganda mumkin bo‘ladi [1-4]. 

Download 1,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru

Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish