• "Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru
  • Transportni modellashtirish




    Download 1,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/12
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,22 Mb.
    #233108
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1 chorraha o tkazuvchanligini oshirish metadalogiyasi namangan shahri

    Transportni modellashtirish
    Transport oqimini modellashtirish uchun Namangan shahrining yo‘l 
    tarmog‘ining muammoli nuqtalari aniqlanadi.
    Namangan shahrini oladigan bo‘lsak, aholi zich joylashganligi sababli 
    qo‘shimcha yo‘llarni qurish imkonsiz bo‘lgan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Bunday 


    "Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru
     
    195 
    vaziyatlarda qo‘shimcha yo‘l transport tizmi vositalarini joriy qilish samarali 
    emas, chunki boshqa transport tizimlari (tramvay, trolleybus metro va h.k.) joriy 
    qilinishi faqatgina yo‘lovchi oqimini transportda yurishini kamaytirish imkonini 
    bersada, muammo еchilmaydi.
    Bundan muommolarni еchishni eng oddiy usulidan ya’ni chorrahani 
    o‘tkazuvchanlik qobilyatini oshirishdan boshlaylik. Avval chorrohadagi 
    svetaforni boshqarish tirbandlikga ta’sirini aniqlaymiz.
    Harakatni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis ta’kidlashicha, svetafor takti 
    transport oqimi va harakat xavfsizligiga ta’sir qiladi. 
    Bundan tashqari, yo‘l harakati xavfsizligi ko‘plab omillarga bog‘liq: 
    harakatlanish tartibi va transport vositalarining texnik holati, yo‘l sharoitlari, 
    transport vositalari haydovchilarining malakasi va boshqalar [2, 3, 4]. 
    Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi asosiy omillar bu transport 
    vositalarining tezligi va ular orasidagi masofadir [5]. Binobarin, muammo 
    harakatlanuvchi avtomobillar orasidagi minimal xavfsiz masofani (masofani) 
    analitik aniqlash zaruratidan kelib chiqadi. 
    Yo‘l harakati boshqaruvi sohasidagi ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlar va 
    mutaxassislar chorrahalarda svetofor siklining davomiyligini hisoblash va ularni 
    takomillashtirishning mavjud usullarini ishlab chiqishga hissa qo‘shdilar [6-8]. 
    Svetafor sikli bosqichi davomiyligining siklning umumiy davomiyligiga 
    nisbati yashil signalga kelgan avtomobillar sonining butun sikl uchun kelgan 
    avtomobillar soniga nisbatiga tengdir. 
    Agar kelayotgan avtomashinalar bir xil oqim hosil qiladi deb faraz qilsak, 
    u holda sikl vaqtini hisoblash va svetaforning ish rejimini aniqlash oqilona asosga 
    asoslanadi. Ushbu bosqich uchun maksimal o‘tkazuvchanlikni avtomobillar 
    navbatini ishga tushurish va to‘xtatish vaqtiga biroz vaqt yo‘qotilishini hisobga 
    olgan holda avtomobillar orasidagi masofalarni taxlil qilish orqali olish mumkin 
    [9-10]. 



    Download 1,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,22 Mb.
    Pdf ko'rish