"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru
202
5-rasm. A.Navoiy, Qo‘qon va Nodira ko‘chalari kesishmasi chorrahani
takomillashtirilgan ko‘rinishi
Xulosa qilib shuni aytadigan bo‘lsak, takomillashtirish natijalariga ko‘ra,
tajribada ko‘rilayotgan chorrahada chapga burilishga 2 ta bo‘lakni tashkil etish
hisobiga 1–jadvaldagi 7 va 9 yo‘nalish chizig‘idagi
avtotransport vositalarini
chorrahani 1 sikl davomida yakunlashi ya’ni chorrahada qolib ketgan transport
vositalari mavjud bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, chorrahadan
svetaforning ruhsat berish ishorasida o‘tishi lozim bo‘lgan har bir bo‘lak bo‘yicha
hisoblashlarni aniqlash imkoni bo‘ladi. Bu orqali transport oqimini nazorat qilish,
svetaforning sikllarini o‘zgartirish va qo‘shimcha bo‘laklarni qo‘shish
orqali
chorrahadagi tirbandliklarni oldini olish mumkin. Shuningdek,
bir tomondan
harakatlanayotgan boshqariladigan chorrahalar orqali o‘tish jarayonidagi jami
transport vositalarini hisobini topish uchun quyida keltirilgan model blok-sxemasi
orqali aniqlanadi.
Chorrahadagi svetafor yashil chiroq yonish davomiyligini 55 – sekundga
oshirilganda 7 va 9 uchastkalarni o‘tkazuvchanligi 25-30 %
ga oshadi, 6 va 8
uchastkalarniki ham shunga mutonosib o‘tkazuvchanligi oshadi.
Chorrahadagi o‘rganilgan transport oqimiga asosan chapga burilishni
taqiqlash maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadi.[20-29]