• Bumirzayeva Nodira Najmidinovna
  • Kalit sozlar
  • Journal of new




    Download 18,58 Kb.
    bet1/2
    Sana28.05.2024
    Hajmi18,58 Kb.
    #255882
      1   2
    Bog'liq
    23-26



    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS








    Bumirzayeva Nodira Najmidinovna Namangan viloyat Chortoq tumani 26-sonli o‘rta taʼlim maktabi
    ona tili va adabiyot o‘qituvchisi


    Annotatsiya: Ona tili darslarida o'quvchilar nutqini o'stirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Bunda har bir o'qituvchi yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lmog'i lozim. Quyidagi maqolada ayrim misollar orqali ona tili darslarida nutq o'stirishning ayrim usullaridan misollar keltiriladi.
    Kalit so'zlar: zamonaviy texnologiya, nutq o'stirish, til, adabiyot, muhokama matni, ijodiy matn, tasviriy matn, nazariy bilim.
    Yangi zamonaviy texnologiyalarga asoslanib tuzilgan, ta'limning jahon andozalariga mos keladigan dastur va darsliklar yaratish - davr talabi. Hozirgi o'zbek adabiy tili qurilishining ilmiy talqinlari ham lug'aviy-grammatik munosabatlar tizimi, o'quvchi va o'qituvchi munosabatlari tizimi ham yangilandi va rivojlantirildi. Ona tilining yangilangan yo'nalishidan asosiy maqsad o'quvchilarning o'z ona tilida fikrini to'g'ri, aniq, ravon va go'zal ifodalay olish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
    So'zlarni to'g'ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda yetkaza olish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir so'z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to'g'ri, o'rinli ishlata olishni o'rgatish, o'z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik tuyg'usini shakllantirish ona tili darslarining asosiy vazifasi sanaladi.
    Ma'lumki, til jamiyat a'zolari o'rtasida aloqa - aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og'zaki hamda yozma ravishda berishi, o'z ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Hazrat Alisher Navoiy til kishilarning o'zaro aloqa vositasi sifatida jamiyat taraqqiyotida katta o'rin egallashini, u insonni hayvondan ajratuvchi asosiy belgilardan biri ekanligini alohida ta'kidlab, bunday yozgan edi:
    So'zdirki, nishon berur o'likka jondin, So'zdirki, berur xabar jonga jonondin. Insonni so 'z ayladi judo hayvondin, Bilki guhari sharifroq yo 'q ondin.
    Ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o'zgalar fikrini tinglashi, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon eta olishi, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la oladigan ko'nikma va



    malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o'rinda ona tili ta'limiga o'quv fani emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. Nutq-kishi faoliyatining turi, til vositalari (so'z, so'z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir.
    Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tilidan bajargan ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda tilni har tomonlama faol amaliy o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, o'quvchilarning tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo'llash tushuniladi.
    Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi:

    1. so'z ustida ishlash;

    2. so'z birikmasi va gap ustida ishlash;

    3. bog'lanishli nutq ustida ishlash.

    Ko'rsatilgan uch yo'nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap uchun material beradi; so'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi. O'z navbatida bog'lanishli nutq hikoya va insho lug'atini boyitish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yozma nutqni rivojlantirish og'zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi. Chunki u o'quvchilardan grammatik va mazmun jihatidan to'g'ri jumla qurishni, har bir so'zni o'z o'rnida to'g'ri qo'llashni,fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog'liq. So'zni to'g'ri yozish, tinish belgilarini o'rinli qo'llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o'quvchidan katta mas'uliyatni talab etadi. Shu sababli nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi. Yozma nutqning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og'zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O'quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarida bu xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymaslikka intiladi. O'qituvchi shuni ham unutmaslik lozimki, ko'pincha o'quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e'tibor berib, matnning mazmuni ustida yetarli ish olib bormaydilar. Matnlarda ko'pincha mavzuga aloqasi bo'lmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy fikr e'tibordan chetda qoladi. Shuning uchun ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilar diqqati faqat imlo va tinish belgilariga emas, balki bayon qilinayotgan fikrning asosli dalillarga ega bo'lishi, materialning to'g'ri joylashtirilishi, fikrning nutq sharoitiga mos holda to'g'ri bayon qilinishiga ham qaratilishi lozim. Ona tili mashg'ulotlarida shunday holatni vujudga keltirish lozimki, o'quvchi yaratgan matnidan qoniqish hosil qilsin. Bu uni o'z

    nutqini takomillashtirib borishga ilhomlantiradi. O'quvchilar mustaqil ravishda ijodiy fikrlasalar fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalay olsalar, demak, ona tili mashg'ulotlari samarali o'tgan bo'ladi.


    O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlarning xalq ta'limi boshqarmalari olib borgan tekshirish natijalari, shuningdek shaxsiy kuzatish va tajribalarimiz bizni o'quvchilar nutqining rivojlanganlik darajasi hali talabga javob bermaydi degan xulosaga olib keladi. Bolalar maktabda o'qish davomida 750 dan ziyod har xil grammatik tushuncha va ta'riflarga duch keladilar, 6500-7000 atrofida turli hajm va murakkablikdagi topshiriqlarni bajaradilar, ammo ularning nutqida sezilarli o'zgarishlar ko'zga tashlanyapti. Ko'pchilik o'quvchilar ijodiy fikrlash , fikr mahsuli og'zaki va yozma ravishda to'g'ri ifodalashga qiynaladilar; o'zbek adabiy tilining boy imkoniyatlarini nutqiy jarayonlarda qo'llay olmaydilar. Buning sabablarini aniqlash uchun bolalarning nutqiy taraqqiyotini belgilovchi omillar: ularning so'z boyligi, so'z va so'z birikmalaridan gapda o'rinli foydalanish mahorati, gapni grammatik jihatdan to'g'ri qurish malakalari, fikrni turli nutq uslublarida to'g'ri, ixcham, ravon, tushunarli bayon qilish ko'nikmalari kabilarni alohida-alohida tahlil qilishga to'g'ri keladi. O'quvchi nutqining muhim ko'rsatkichlaridan biri uning so'z boyligidir. Pedagogik adabiyotlarda berilgan ilmiy ma'lumotlarga qaraganda, 2 yoshli bolalar 30dan 100 gacha, 4 yoshli bolalar 1000 dan 4000 gacha, 7 yoshli bolalar 3000 dan 7000 gacha,
    10-11 yoshli bolalar 8000 dan 15000 gacha, 14-15 yoshdagilar 11000 dan 18000 gacha so'zni bilishlari lozim. Ammo, afsuski, ona tili mashg'ulotlarida fikrni og'zaki va yozma shaklda bayon qilish zaruriyati tug'ilganda o'quvchilardagi so'z qashshoqligi darrov sezilib qoladi. Nutqda so'zlarni takroriy qo'llash, berilgan so'zni uning ma'nodoshi, uyadoshi va qarama-qarshi ma'noligi bilan almashtira olmaslik, ma'lum bir sohaga qarashli so'zlar lug'atini tuzishda uchraydigan qiyinchiliklar, shubhasiz, o'quvchilarning so'z boyligi yetarli emasligidan dalolat beradi. Ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilar nutqining rivojlanishini qiyinlashtirayotgan omillardan yana biri o'quvchilarning uyda, ko'chada yoki sinfdan tashqari paytlarda tojik, turkman, qirg'iz yoki boshqa (sheva) tilda so'zlashib, maktabda o'zbek tilida o'qishidir. Etnografik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, jumhuriyatimiz hududida juda ko'p tojiklar, turkmanlar, qirg'izlar, qozoqlar yashaydi. Ularning ko'pchiligi uyda tojik, qirg'iz va hokazo tilda so'zlashib, maktabda o'zbek tilida o'qishdi. Bu hol, shubhasiz, o'quvchilarda tilning boy imkoniyatlaridan foydalangan holda o'z fikrini erkin bayon qilish imkoniyatini chegaralaydi. Yuqorida sanab o'tilgan salbiy omillardan tashqari ona tilimizdan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning mundarija va mazmun jihatdan bo'shligi, yagona nutq rejimiga hamisha ham rioya qilmaslik, ota- onalarning bola nutqi ustida yetarli ishlamasligi kabi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirishga salbiy ta'sir qiladi.

    O’quvchilar nutqini rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanish ham ijobiy samara beradi. “She’riy daqiqalar”, “Siyosiy daqiqalar”, maqol va topishmoqlar musobaqasi o’tkazish ham maqsadga muvofiqdir.


    Xullas, o'quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo'lib, unga monelik qilayotgan omillar ham faqat ta'lim mazmuni yoki o'qituvchigagina bog'liq emas. Barcha imkoniyatlar to'laligicha ishga solinsagina fikrni og'zaki va yozma ravishda to'g'ri, ravon ifodalashga o'rgatish jarayoni oson kechadi. O'quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo'l ochadi.

    Download 18,58 Kb.
      1   2




    Download 18,58 Kb.