• Jihozlar va dasturiy vositalar
  • -ilova.  PHP da takrorlash operatorlari bilan ishlash




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/85
    Sana08.01.2024
    Hajmi11,25 Mb.
    #132231
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
    10-ilova. 
    PHP da takrorlash operatorlari bilan ishlash 
    Maqsad va vazifalar: Talabalarda PHP da takrorlash operatorlari bilan 
    ishlash bo‗yicha bilim va ko‗nikmalarni hosil qilish. Topshiriqlar to‗plamidan 
    tegishli misolni EduMobileApp mobil ilovasidan foydalanib yechish. 
    Jihozlar va dasturiy vositalar: kompyuter, smartfon, EduMobileApp mobil 
    ilovasi, brauzer, notepad dasturi, Adobe Dreamweaver, XAMPP web serveri. 
    Ishni bajarish tartibi:
    1. Quyida keltirilgan misolni bajarilishini o‗rganib chiqing. 
    2. Topshiriqlar to‗plamidan guruh jurnalidagi raqamingizga mos topshiriqni 
    tanlang; 
    3. Topshiriqni quydagi shartlar asosida kompyuterda yoki EduMobileApp 
    ilovasida bajaring: 
    Uslubiy ko‗rsatma: 
    PHP ning faqatgina biror-bir shart asosida ishlovchi operatorlari emas, balki 
    takrorlanish amallarini bajaruvchi sikllar ham mavjud. Ular while, do-while, 
    foreach va for. 
    Takrorlash (sikl) operatori ikki qismdan iborat: tana va bosh qismdan iborat. 
    Tana qismi takrorlashda bajariladigan operatorlarni o'z ichiga oladi. Bosh qism esa 
    tanadagi operatorlarning takroriy bajarilishini ta'minlaydi. While sikli Sintaksisi: 
    while (shart ) {bajarish_bloki} yoki 
    while (shart) bajarish_bloki endwhile; 
    While — oddiy sikl bo'lib, bu yerda bajarish_bloki shart false qiymat qabul 
    qilgunga qadar bajariladi. While siklining if dan farqli tarafi shundaki, if 
    operatorida shart tekshirilganda true qiymatni qabul qilsa, u holda keyingi qadam 
    faqatgina bir marotaba bajarilar edi. While siklida esa har bir shart bajarilgan holat 
    uchun bajarish_ bloki bajariladi, ya'ni bajarilish sikli takrorlanadi. Shart har safar 
    sikl boshida tekshiriladi, shuning uchun agar bajarish_bloki amalga oshirilayotgan 
    vaqtda shartga o'zgartirish kiritilsa ham sikl iteratsiya oxirigacha, ya'ni 
    bajarish_blokining barcha buyruqlari bajarilguncha to'xtatilmaydi. 
    5.10-misol. 1 dan 50 gacha bo'lgan sonlarning yig'indisini hisoblang. 
    $sum=0; $i=l; 
    while($i<=50) { $sum=$sum+$i; $i++; } 
    echo "1 dan 50 gacha bo'lgan sonlar yig'indisi - $sum";
    ?> 
    Natija:1 dan 50 gacha bo'lgan sonlar yig'jndisi - 1275 
    do...while sikli 
    do...while sikli while sikliga juda o'xshash, faqatgina bitta farqli tarafi 
    shundaki, unda shartning rostligi sikl boshida emas, balki oxirida tekshiriladi. 
    Shuning uchun do...while siklining bajarish_bloki hech bo'lmaganda bir marotaba 
    bajariladi. 


    195 
    Sintaksisi: 
    do (bajarishbloki) while (shart); 
    misol. do...while operatori 
    1 dan 10 gacha bo'lgan juft sonlarni chiqazing. 
    do { if ($n%2==0) echo $n. "
    "; $n++; } 
    while ($n<=10) ?> 
    FOR sikli Sintaksisi: 
    for (amall; shart; amal2){bajarish_bloki;} 
    amall — faqatgina bir marotaba sikl boshida bajariladi. Odatda, bunda 
    hisoblagichning boshlang'ich qiymati beriladi. 
    shart — shart har bir iteratsiyada tekshiriladi. Agar shart false qiymatni qabul 
    qilsa, u holda iteratsiya to'xtatiladi. Odatda, shartda hisoblagich qiymati bilan 
    berilgan qiymat solishtiriladi. 
    amal2 — hisoblagich qiymatini o'zgartirish uchun ishlatiladi va iteratsiya 
    oxirida bajariladi. 
    bajarish bloki — har bir iteratsiyada bir marotaba bajariladi. Odatda, bu yerda 
    o'zida kodlar blokini jamlagan sikl tanasi joylashadi. 
    amall, shart, amal2 laming har biri bo'sh bo'lishi mumkin. Agar shart bo'sh 
    bo'lsa, bu siklning aniqlanmagan vaqtda bajarilishi ke- rakligini bildiradi (bu holda 
    php shartni hamma vaqt rost deb hisob- laydi). Bu sikl foydasizdek ko'rinishi 
    mumkin, aslida esa bu hollarda siklni break operatorini qo'llash bilan ham 
    to'xtatish mumkin. 
    misol. 1 dan 10 gacha bo'lgan toq sonlarni chiqazing. 
    for ($n=l; $n<=10; $n++) 
    { if ($n%2!=0) echo $n. "
    "; } 
    ?> 
    Shu misolni $n<=10 shartni ishlatmasdan, break 
    operatorini qo'llab yozish mumkin. 
    for ($n=l;;$n++) { if ($n%2!=0) echo $n. "
    "; 
    if ($n>=10) break; } 
    ?> 
    misol. 1 dan 50 gacha bo'lgan sonlarning yig'indisini hisob- lang. 
    for($i=l;$i<=50;$i++) { $sum=$sum+$i; } 
    echo "1 dan 50 gacha bo'lgan sonlar yig'indisi - $sum"; 
    ?> 
    Natija:1 dan 50 gacha bo'lgan sonlar yig'indisi - 1275
    Foreach 
    Bu operator massivlar bilan ishlash uchun mo'ljallangan bo'lib, PHP ning 4 
    versiyasida kiritilgan. Turli tipdagi massivlar uchun foreach operatorining ikki xil 
    ko'rinishi mavjud. Sintaksisi: 
    foreach ($array as $value) {bajarishbloki} yoki 


    196 
    foreach ($array as $key=> $value) {bajarish_bloki} Birinchi navbatda $array 
    o'zgaruvchisiga berilgan massivning hamma elementlari bo'yicha sikl shakllanadi. 
    Siklning har bir qadamida massivning joriy elementi qiymati $value 
    o'zgaruvchisiga yoziladi va massivning ichki hisoblagichi bir birlikka o'zgaradi 
    (shuning uchun keyingi qadamda massivning keyingi elementi ko'rinadi). 
    bajarish_bloki ichida massivning joriy elementi qiymati $value o'zgaruvchisi 
    yordamida olinadi va $array o'zgaruvchisida nechta element bo'lsa, bajarish_bloki 
    shuncha marta amalga oshiriladi. 
    foreach massivining ikkinchi tur sintaksisida esa, yuqoridagiga qo'shimcha 
    ravishda, siklning har bir qadamida massivning joriy elementi kaliti $key 
    o'zgaruvchisiga yoziladi va uni ham bajarish_ bloki ichida qo'llash mumkin. 
    foreach o'z ishini boshlaganda, massivning ichki ko'rsatkichi av- tomatik 
    tarzda birinchi elementga o'rnatiladi. 
    misol. Foreach operatori 
    $names = array("Lola", "Karim", "Kamol"); 
    foreach ($names as $val) { 
    echo "$val 
    "; }
    ?> 
    Natija: Lola 
    Karim 
    Kamol 
    Ikkinchi turi assotsiativ massivlar uchun ishlatiladi. 
    misol. Foreach operatori 
    $names = array( "Lola"=>7, "Karim"=>9, "Kamol"=>15); foreach ($names as 
    $i=>$tartib_nomer) 
    { echo "$i ro'yxatda $tartib_nomer nomerida.
    "; } 
    ?> 

    Download 11,25 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ilova.  PHP da takrorlash operatorlari bilan ishlash

    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish