|
Umarov abdulhusayn abdulxatovich
|
bet | 1/2 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 41 Kb. | | #234836 |
Bog'liq Artikova Barnoxon Quvvataliyevna
BO’LAJAK TARBIYACHILARGA TA’LIM JARAYONIDA INNAVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH
UMAROV ABDULHUSAYN ABDULXATOVICH
NAMANGAN XALQARO UNIVERSITETI O‘QITUVCHISI
ARTIKOVA BARNOXON QUVVATALIYEVNA
UCHQO‘RGON TUMANI MAKTABGACHA VA
MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMIGA QARASHLI
19-SONLI DMTT TAYYORLOV GURUHI TARBIYACHISI
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga innavatsion texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati va dars jarayonida ularning samarali xususuyatlarini hisobga olish nazarda tutiladi.
Kalit so’zlar: zig-zag, sinkveyn, munozara,aqliy xujum, pinbord,kubik,venn diagrammasi, B.B.B.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bevosita uzluksiz ta’lim tizimi bilan bog’liq. Hozirgi paytda yuqori malakali va madaniyatli, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlash bo’yicha muhim ahamiyatga molik ishlar olib borilmoqda.Zamonaviy ta’lim sharoitida bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallash va muammoni mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlari ham shakllanishi kerak. Ushbu xususiyatlarni shakllantirishda ta’lim oluvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va o’quv-biluv faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim oluvchilarining o’quv-biluv faoliyatlarini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi faol ta’lim metodlarini o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy yondashgan holda muammolarni yechimini izlash, topish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faol ta’lim metodlaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida bo’lganidek, bugungi kunda oliy ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida ham interaktiv metodlar,innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularning egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatilmoqda.
O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik funksiyasini bajarib kelmoqda.
Innovatsion texnologiyalar asosida o’quvchi –talabalarga dars berishda quyidagilarga erishilmoqda:
- dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etilmoqda;
- o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlamoqda;
- bilimga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirmoqda;
- pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini takomillashtirmoqda va boshqalar.
Ixtisoslik va umumkasbiy fanlar bo’yicha seminar mashg’ulotlarida:
- bumerang
- FSMU
- zig-zag
- sinkveyn
- munozara
- aqliy xujum
- pinbord
- kubik
- venn diagrammasi
- B.B.B.
- sindikat
- qorbo’ron
kabi metodlardan foydalanilmoqdaki, bunday metodlar asosida seminar darslari o’tilganda, olingan nazariy bilimlar o’quvchi yodida uzoq saqlanib qolishiga ko’maklashadi. Lekin shu o’rinda aytib o’tish joizki, o’qituvchi har bir metodni fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda tanlashi va uni qo’llaganda, undan ko’zlangan maqsadni o’quvchilarga tushuntira olishi kerak. Aks holda o’quvchi-talabalar metodni o’zinigina eslab qoladi xolos.Innovatsion texnologiyalarni qo’llashdan maqsad esa o’quvchilarda oson yo’l bilan murakkab bilim,ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir. O’quv jarayonida iqtisodiy fanlarni o’qitishda qo’llanilgan “bumerang” metodi talabalarni kichik guruhlarda o’zaro hamkorlikda samarali mehnat qilishga va o’zgalar fikrini xurmat qilishga o’rgatsa, muammoli o’qitish texnologiyasida esa o’quvchi-talabalar nazariy bilim va tajribalariga asoslanib, muammoli vaziyatni hal qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar kiritadilar. Muammoli vaziyat sabablarini aniqlaydilar, ularning kelib chiqishini tushuntiradilar va uni yechishning eng maqbul variantini tanlaydilar. Bu esa, talabalarning bilim olish va o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshiribgina qolmay, balki ularda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonlarida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llash o’quvchi talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, rivojlantirishga, ularda nutq madaniyatini rivojlantirishga hamda fan bo’yicha mustahkam bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.Shunday qilib, to’g’ri qo’llangan o’qitish usuli yuqorida keltirilgan natijalarga erishishga ko’maklashib dars samaradorligini sezilarli oshishiga olib keladi. Yana shuni aloxida ta’kidlash kerakki, o’quvchi talabalarni faol va mustaqil ishlashga o’rgata olsakgina, biz tashabbuskor insonlarni tarbiyalay olamiz.
|
| |