Maxsus nisbiylik nazariyasi va zamonaviy fan




Download 0.53 Mb.
bet10/12
Sana14.06.2021
Hajmi0.53 Mb.
#15019
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2.2. Maxsus nisbiylik nazariyasi va zamonaviy fan

Nisbiylik nazariyasining postulatlari butun fizikaning ajralmas qismiga aylandi. Ular hatto kvant mexanikasi bilan ham til topishdi. Undan tashqari, kvantlar va Eynshteyn postulatlarining ittifoq qilinishi natijasida, pozitronlarning, ya'ni, elektronlarning musbat zaryadli egizaklari mavjudligi haqida ilmiy bashoratlar shakllantirildi. Pozitronlar tez orada kosmik nurlanishlar sohasida amalda kashf qilindi. Yuqorida ham ko’rganimizdek,



formula olam yuzni ko’rgach, yadro fizikasida keskin yuksalishlar davri boshlandi. Avvaliga, massa va energiyaning ekvivalentligining bilvosita isboti, 1932-yilda litiy yadrosining protonlar bilan bomabrdimon qilinganida sodir bo’ladigan parchalanishini tadqiq qilish davomida isbotlangan edi. 2005-yili Eynshteyn tenglamasi navbatdagi qat’iy sinovdan o’tdi. Ilmiy tajriba davomida oltingugurtning eng oddiy izotoplaridan biri () neytronlar bilan bombardimon qilinadi. Natijada, oltingugurtning boshqa bir barqaror izotopi () ning qo‘zg‘atilgan holati hosil bo’ldi va uning qaytadan muvozanat holatiga o’tishda yuksak energiyali (γ) foton uchib chiqdi. Ushbu reaksiyaning tenglamasi quyidagicha:

n +  + γ

Reaksiyagacha va reaksiyadan keyin o’lchangan massa nisbatlari bilan foton energiyasini inobatga olgan holda hisob-kitob qilib ko’rib, olimlar E= to‘g‘ri ekanligini 0.00004% darajagacha aniqlik bilan isbotladilar.

Vaqt o’tishining sekinlashuvi, massaning ortishi va fazoning siqilishi, hozirgi kunda zaryadlangan zarrachalar tezlatgichlari uchun oddiy hol sanaladi. Bunday qurilmalar elektr energiyasining shunchalik katta miqdorini hazm qiladiki, o’sha energiya butun bir shaharni ta’minlashga yetgan bo’lardi. Lekin bunda shunday katta hajmdagi energiya hosil bo’ladiki, u og’ir zarrachalarga aylanib, lekin beqarorlikdan, soniyaning milliondan bir ulushlariga teng vaqtda arang yashaydi xolos.

Hozirgi kunda ham, umumiy nisbiylik nazariyasi gravitatsiyaning eng muvaffaqiyatli nazariyasi bo’lib qolmoqda. Biroq, mazkur o’zaro ta’sirni unga qardosh bo’lgan boshqa nazariyalar - elektromagnit o’zaro ta’sir, kuchli va kuchsiz yadroviy o’zaro ta’sirlar singari, maydonning kvant nazariyasi qanoti ostida ravnaq topayotgan nazariyalardan uzoq holi titub bo’lmaydi. Maydonning kvant nazariyasi esa - maxsus nisbiylik nazariyasi va kvant nazariyalarining eng muvaffaqiyatli ittifoqi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yuqorida sanab o’tilgan barcha to’rttala kuchlarni yagona konsepsiya ostida birlashtirish - «yaxlit nazariya», yoki, «yakuniy nazariya»ni barpo etish g’oyasi, zamonamiz fiziklari uchun ham tinchlik bermayotgan eng oliy maqsad-muddaolar sirasiga kiradi. Ushbu muddaolar istiqboli uchun eng maqbul yo’nalishlardan biri esa, olamni qo’shimcha, yoki, yangi o’lchamlari bilan ifodalanadigan manzaralarini tasvirlovchi turli xil stringlar nazariyasi qaralmoqda. Agar bu boradagi tadqiqotlar o’zini oqlasa, bizning nisbiylik nazariyasi haqidagi tasavvurlarimiz yana ham sezilarli o’zgaradi.

1912-yili Eynshteyn o‘zini qiynayotgan oshqozon g‘alizligidan chalg‘ish maqsadida o‘zidan avvalgi ikki buyuk olimlar - Lorents va Puankarelar ro‘baro‘ kelgan masala - gravitatsion to‘lqinlarning mavjudligi haqida fikr yurita boshladi. Elektromagnit maydonning bir nuqtasidagi og‘ish, maydonning boshqa qismlariga elektromagnit to‘lqinlar vositasida uzatiladi. Aynan shunga o‘xshash narsa zamon va makonning geometrik deformatsiyalanishi (massa taqsimotida o‘zgarish yuz berishi) bilan ham takrorlanadimi? Gravitatsion to‘lqinlar, agar, ular haqiqatan ham tabiatda mavjud bo‘lsa, ular materiya bilan amalda hech qanday o‘zaro ta’sirga kirishmaydi. Elektr zaryadlariga ta’sir ko‘rsatuvchi yorug‘lik nurlaridan farqli ravishda, gravitatsion to‘lqinlar massaga ta’sir ko‘rsatishi lozim edi. Shveytsatriyalik fizik Daniel Sigg so‘zlariga qaraganda, kuzatish imkoni bor effektlarning juda kamligining sababi, ajralib chiqayotgan energiyaning kichikligida emas, (aksincha ushbu energiya o‘ta ulkandir) - balki, zamon va makonning qattiq muhit ekanligi tufaylidir

Download 0.53 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxsus nisbiylik nazariyasi va zamonaviy fan

Download 0.53 Mb.