Reliktiv nurlanish. Barchasi 1964 yilda boshlandi. Shu yili ikki yosh astronom-olimlar Robert Uilson va Arno Penzias, o’z zamonasi uchun eng zamonaviy va o’ta sezgir sanalgan antenna yordamida, Kassiopeya yulduz turkumidan kelayotgan radiosignallarni o’rganishayotgan edi. Bu yosh olimlarning g’ashiga tegib, qabul qiligich asboblarda, radisignalga doimiy xalaqit beruvchi shovqin uyg’onar edi. Ushbu shovqin, radiosignal qabul qilish uchun antennani qaysi tarafga yo’naltirilsa ham, baribir bir xilda kelaverar edi. Bu omilga ko’ra yosh olimlar, o’zlari ishlatayotgan antennaning nuqsoni bo’lsa kerak degan fikrga kelishdi. Oqibatda, ular antennani yaxshilab ko’zdan kechirishdi va unda yig’ilib qolgan qush axlatini ko’rishganda, uni tozalab tashlash orqali hammasi joyiga tushadi degan xursandchilik o’ylariga borishgan. Lekin antennani tozlash ham, ko’rilgan boshqa choralar singari, hech qanday ijobiy samara bermadi. Shovqin baribir harorat yerda va har tarafdan kelaverar edi.
Hozir biz yaxshi bilamizki, o’sha xalaqit shovqinlarga qushlarning hech qanday aloqasi bo’lmagan va bu shovqinlarning o’zi aslida xalaqit bo’lmagan.
Aslida Uilson va Pensiaz olam yaralishining ilk lahzalaridan qolgan nurlanishlar bilan to’qnash kelishgan edi.
Ulkan portlashdan keyin taxminan 379 ming yil o’tib, Olam shu darajada sovidiki, elektronlar protonlar bilan birlashib, turli atomlarni hosil qila boshlashdi va bu jarayonda nurlanish taratilar edi. Leik ayni paytda, Olamning o’zi ulkan portlashning natijasi o’laroq kengayishda davom etayotgan bo’lgan. Oxir oqibatda, Butun Olam tarkibida mittigaina Yer sayyorasi va unda yashaydigan aqlli fiziklar va astronomlar paydo bo’lib, olam yaralishi tarixiga o’z nuqtai nazarlari bilan nigoh tashlashgan zamonlarga kelib, o’sha o’ta qadimiy nurlanishlarning to’lqinlari, juda cho’zinchoq holga kelib qoldi. Hozirda ular bizlarga mikroto’lqinlar ko’rinishida yetib kelmoqda (mikroto’lqinlar mohiyatan amalda cho’zinchoq yorug’lik nurlaridir). Penzias va Uilson, o’zlari bilmagan holda aynan o’sha qadimiy nurlanishlarning hozirgi aks-sadosiga to’qmash kelishgan edi. Bu ikki olim o’z kashfiyotlari uchun 1978-yilgi Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan. Bu ikki astronom kashf etgan kosmik mikroto’lqinli nurlanishlar, reliktiv nurlanishlar, ya'ni, aynan tarjimada, qadimiy nurlanishlar deb nomlanish olgan. Olam yaralishi-ning hozirgi zamon nazariyasi aynan ushbu nurlanishning xossalariga asoslangan.
2.2.3.rasm. Olimlar Uilson va Penzian. Butun olam reaktiv nurlanishlari ilk bora qayd etilgan o’sha mashhur antenna fonida
Koinotdagi “yorug’lik nurlarining cho’zilishi” - XX asr astrofizi-kasining eng ulkan kashfiyotlaridan biridir. Vesto Slayfer, Edvin Xabbl va boshqa astronomlarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijalariga ko’ra ma’lum bo’lishicha, Yerdan ko’rinadiga olis yuldizlarning nurlari, bizga yetib kelgunicha koinotning cheksiz sarhadlaridan o’tib borar ekan, spektrning qizil qismi tomon siljib, cho’zilib borar ekan. Bu hodisa, Doppler effekti va vaqtning relyatvistik sekinlashuvi bilan tushuntiriladi: agar manbda kuzatuvchidan katta tezlik bilan uzoqlashayotgan bo’lsa, undan kuzatuvchi tomon kelayotgan elektromagnit to’lqinlari, aytaylik, yorug’lik nurlari, uzunroq holda yetib keladi. Bunda cho’zilish, yorug’likni (elektromagnit maydon tebranish to’lqinlarini) qizilga tomon sijitadi, tovushni (havoning tebranishi) esa, quyiroq darajaga tushiradi. Odatda Dopler effekti tez tibbiy yordam mashinasining sirenasi tovushi misolida tushuntiriladi: agar sirena bilan tez yordam mashinasi eshituvchi yaqinidan katta tezlikda o’tsa, uning tovushlari eshituvchiga o‘zgarib-o‘zgarib eshitilgandek tuyuladi (aslida mashina sirena tovushini doimiy maromda chiqaradi). Olis yulduzlar nurlarining qizilga tomon siljishining aniqlanishi, olimlarning bu yulduzlarning bizdan beto’xtov uzoqlashayotganligi haqida xuloda chiqarishlariga asos bo’ldi. Bu xulosa esa o’z navbatida, Butun Olamning kengayishda davom etayotganligini isbotlab berdi.
Uilson va Penziasning qush axlati bilan bog’liq boshog’riqlari va undan keyingi tantanavor ilmiy benifisi yuz bergan o’sha olis 70-yillardan keyin ma’lum bo’lishicha, reliktiv nurlanishlar nihoyatda va o’ta bir jinsli ekan. Tadqiqotchilar o’z qabul qilgich asboblarini fazoning qaysi tomoniga yo’nal-tirishmasin, ular har safar mutlaq bir xil xosslardagi mikroto’lqinlarni qabul qilishgan. Chunonchi o’sha xalaqit shovqinlari, detektorning qanday burchak ostida joylashtirilishiga umuman bog’liq bo’lmagan. U kecha va kunduzga ham, Yer sharining turli tomonlariga ham bepisand edi. Xulosa qilindiki, Ulkan portlashning mikroto’lqinli aks-sadosi, hozirda bizga ma’lum Butun Olamning istalgan nuqtasida mutlaqo bir xil va bir jinsli ekan.
Bunday bir jinslik, biz kutganimizdan ham yanada kattaroq jumboqlarni taqdim etadi. Jumoq relkitiv nurlanishning o’zigagina taaluqli emas. Eng katta miqyoslarda olib qaralganda, Butun Olamning o’zi ham bir jinslidek bo’lib tuyuladi: unda galaktikalar bilan zich to’lgan qism ham, yoki umuman hech qanday moddiyot mavjud bo’lmagan mutlaq bo’shliq qismlar ham yo’q.
Matematik hisob-kitoblari ko’rsatib turibdi: agar Ulkan Portlash, energiya va materiyaning turli tomonlarga tasodifiy yo’nalishlarda tarqaydigan oddiy portlashlar singari kechganida, hozirda xilma-xilliklar (bir jinsli emaslik xossalari) ancha ko’proq bo’lishi kerak ekan. Boshqacha holatda, Ulkan Portlashning boshlang’ich konfiguratsiyasi, bir jinslilikni bu darajada mukammal ta’minlaydigan bo’lib chiqishi uchun faqat va faqat mo’jiza kerak bo’lar ekan. Nahotki bizlar yashayotgan Olam uchun bu borada shunchaki omad kelgan bo’lsa?...
2-bob bo’yicha xulosa
1905-yil sentyabrida, A.Eynshteyn o’zining “Harakatdagi jismlar elektrodinamikasiga” nomli maqolasida maxsus nisbiuylik nazariyasiga asos soldi.
Agar nisbiylik nazariyasi olamida zamon va makon shkalalari yanglish olinsa, unda, mazkur shkalalarga tayanib hosil qilingan har qanday kattalik ham yanglish qiymat kasb etadi.
Hozirgi kunda ham, umumiy nisbiylik nazariyasi gravitatsiyaning eng muvaffaqiyatli nazariyasi bo’lib qolmoqda. Biroq, mazkur o’zaro ta’sirni unga qardosh bo’lgan boshqa nazariyalar - elektromagnit o’zaro ta’sir, kuchli va kuchsiz yadroviy o’zaro ta’sirlar singari, maydonning kvant nazariyasi qanoti ostida ravnaq topayotgan nazariyalardan uzoq holi titub bo’lmaydi. Maydonning kvant nazariyasi esa - maxsus nisbiylik nazariyasi va kvant nazariyalarining eng muvaffaqiyatli ittifoqi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Vaqt o’tishining sekinlashuvi, massaning ortishi va fazoning siqilishi, hozirgi kunda zaryadlangan zarrachalar tezlatgichlari uchun oddiy hol sanaladi.
Xotima
Nisbiylik nazariyasi yulduzlarni va galaktikalarni, kvant mexanikasini, atomlarni va kvarklarni boshqaradi. Taxmin qilinishicha, ushbu soahalrning tutashuv nuqtasi, g’ayrioddiy hodisalarning barcha spektrini kezib o’tgan holda, fanda plank uzunligi deb nomlanuvchi m o’lchamga to‘g‘ri kelar ekan. Gap borayotgan o’lcham shu darajada kichikki, uni tasavvur qilishning o’zi mushkuldir. U taxminan DNK spirali diametriga tengdir. Shunday kichik miqyosda nimalar sodir bo’lishini bilib olish uchun esa, 1016 TeV energiya (taxminan 500 kVt-soat) energiya zarur bo’ladi. Jeneva yaqinidagi katta adron kollayderi (CERN) - jahondagi zarrachalarni tezlatgich qurilmalar ichida eng qudratlisi bo’lib, u 7 TeV gacha energiya iste’mol qiladi. Yuqorida sanab o’tilgan barcha to’rttala kuchlarni yagona konsepsiya ostida birlashtirish - «yaxlit nazariya», yoki, «yakuniy nazariya»ni barpo etish g’oyasi, zamonamiz fiziklari uchun ham tinchlik bermayotgan eng oliy maqsad-muddaolar sirasiga kiradi. Ushbu muddaolar istiqboli uchun eng maqbul yo’nalishlardan biri esa, olamni qo’shimcha, yoki, yangi o’lchamlari bilan ifodalanadigan manzaralarini tasvirlovchi turli xil stringlar nazariyasi qaralmoqda. Agar bu boradagi tadqiqotlar o’zini oqlasa, bizning nisbiylik nazariyasi haqidagi tasavvurlarimiz yana ham sezilarli o’zgaradi.
|