"Экономика и социум" №12(115)-2 2023 www.iupr.ru




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.05.2024
Hajmi0,56 Mb.
#255683
1   2   3   4
Bog'liq
6-саволга

"Экономика и социум" №12(115)-2 2023 www.iupr.ru
 
480 
tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar1, 
deb hisoblashgan bo‘lishsa, yana bir guruh olimlar M.L.Lezin, V.A.Tixonov va 
Yu.V.Sedixlar: “Agrosektor - bu qishloq xo‘jaligini ishlab chikarish vositalari 
majmuasi bilan taʼminlovchi korxonalar, shu jumladan, agroservis korxonalari, 
qishloq xo‘jaligining barcha mulkchilik va tashkiliy- xuquqiy shakllardagi 
korxonalari, fermer va dexqon xo‘jaliklari, ixtisoslashgan urug‘chilik va 
naslchilik xo‘jaliklari, tajriba stansiyalari aholisining shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklaridir”. 
Xizmatlar sohasining dinamik rivojlanishi kichik biznesni ushbu 
sohadafaoliyat yuritish uchun taqdim etilgan imkoniyatlardan kelib chiqadi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida,
yangidan tashkil etilgan xizmatlar ko'rsatish bo'yicha korxonalarni
texnologik jihatdan jihozlash uchun tadbirkorlik sub'ektlariga imtiyozli 
kreditlar ajratildi. 
Ma’lumki, respublikamizda qishloq xo‘jaligining asosiy maqsadi ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish, ichki va tashqi bozorda iste’mol 
mahsulotlarini sifatli va samarali etishtirish hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,” Qishloq xo‘jaligini 
yanada isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi vazifa-ko‘p 
tarmoqli fermerlikni rivojlantirish, har bir fermer xo‘jaligining iqtisodiy 
samaradorligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashdir. Bu masalani biz 
mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning garovi deb hisoblaymiz” 
deb batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Shu bois, bugungi kunda qishloq fermer 
xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun agroservis tizimini tashkil etish –qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini sifat darajasini oshirish, ishlab chiqarish imkoniyatini 
kengaytirish, erning agrotexnik holatlarini yaxshilash, etishtirilgan mahsulotlarni 
qayta ishlash yoki uni ichki va tashqi bozorga chiqarish muammolarini hal etish, 
ularni tashish xarajatlarini kamaytirish va qishloq xo‘jaligini moliyaviy 
barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. 
Qishloq xo‘jalik sub’ektlarida mashina-traktor parki barcha mexanizatsiya 
yordamida bajariladigan ishlarni bajarishdan iborat. Xo‘jalikda traktor va qishloq 
xo‘jalik mashinalariga bo‘lgan talab erning-iqlim sharoitida, xo‘jalikning 
yo‘nalishiga, dexqonchilik va chorvachilikdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga 
va ish jarayonlarining mexanizatsiyalash xolatiga, texnologik jarayoniga 
asoslanib aniqlanadi. Mashina- traktor parki (MTP) ning tashkiliy tuzilmasi 
traktor, avtomobil kombayn va qishloq xo‘jalik mashinalari parklari, ta’mirlash 
ustaxonasi diagnostika markazi texnikalarni saqlash omborlari, ta’minot, yoqilg‘i 
quyish bo‘limi, dispecherlik xizmati va h.k. iborat. MTP da boshqarish bosh 
muxandis tomonidan olib boriladi. Respublika agrar sohasida texnikalardan 
samarali foydalanish maqsadida chet el tadbirkorlari bilan hamkorlikda texnika 
vositalari ishlab chiqarish, servis xizmatlari ko‘rsatish, ta’mirlash, lizing asosida 
katta ishlar qilindi. 
Texnikani eskirgan, ishdan chiqqan qismlarini almashtirish, yangilash va 



Download 0,56 Mb.
1   2   3   4




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Экономика и социум" №12(115)-2 2023 www.iupr.ru

Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish