"Экономика и социум" №12(115)-2 2023 www.iupr.ru




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.05.2024
Hajmi0,56 Mb.
#255683
1   2   3   4
Bog'liq
6-саволга

"Экономика и социум" №12(115)-2 2023 www.iupr.ru
 
481 
ta’mirlash texnikadan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha mehnat va moddiy 
rusurslar, ehtiyot qismlar, ta’mirlash materiallaroi, binolar, asbob-uskunular va 
boshqa turdagi xarajatlarni ta’lab etadi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 
texnika va qishloq xo‘jalik mashinalarini tiklash maqsadida texnika-
ta’mirlashxizmat ko‘rsatish korxonalar tashkil etildi. 
Texnika-ta’mirlashxizmati bazasi ob’ektiga: xo‘jaliklarning markaziy 
ta’mirlash ustaxonasi; avtomobil saroyi; mashinilar hovlisi; neft omborlari; 
benzin quyish shaxobchalari; harakatdagi texnik xizmat ko‘rsatishva ta’mirlash 
avtomashinasi ustaxonalari; MTP qoshidagi texnik xizmat ko‘rsatish punktlari; 
chorva fermalariga texnik xizmat ko‘rsatish texni k stansiyalari; kombayn va 
boshqa murakkab mashinalarni ta’mirlash sexi; ta’mirlash zavodlari murakkab 
turdagi texnikalarni kapital ta’mirlashga ixtisoslashgan ustaxonalar va sexlar; 
eyilgan detallarni qayta aniqlash ustaxonalaridan tashkil topadi. Bu texnika 
ta’mirlash xizmati bazasi o‘z xizmat qilish doirasiga ko‘ra 3 bosqichga:
korxona, tuman va viloyat mashina-traktor birlashmalariga bo‘ysunadi.
Texnika-ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish bazasining asosiy vazifalari: 
barcha markadagiqishloq xo‘jalik mashinalarini yil mobaynida har qanday 
sharoitdaham qishloq xo‘jalik ishlarini bajara olish qobiliyati jihatidan shay 
turish, texnika holatida yuz bergan qanday kamchiliklar, nosozliklarni oldini olish 
va tuzatish, ularga qisqa muddatida texnik servis xizmatlarini ko‘rsatishdir.
Traktor agregatini ishlatish davomida uning texnik holati detallarning 
eyilishi, yechilishi, mexanizmlar, rostlanishining buzilishi, zanglash, va hokazolar 
natijasida yomonlasha boradi. Bunday o‘zgarishlar natijasida traktorning asosiy 
ko‘rsatkichlari bo‘lmish tortish quvvati, yonilg‘i tejamkorligi, mustahkamlik 
pasaya boradi. 
Mashina-traktor parkini turli texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini, texnik 
ko‘riklar va diagnostikani, ishlatish sharoitida ta’mirlash va saqlash ishlarini 
bajaradi. Ularning tarkibiga markaziy ta’mirlash kompleksi, qo‘zg‘almas texnik 
xizmat ko‘rsatish posti, harakatlanuvchan texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi, 
yonilg‘i va moy bilan ta’minlash posti, harakatlanuvchan avtomobil asosida 
tuzilgan yonilg‘i moylash materiallari bilan ta’minlovchi agregatlar, traktor va 
qishloq xo‘jalik mashinalarini joriy ta’mirlash ustaxonasi, avtomobil asosida 
tuzilgan harakatlanuvchan ta’mirlash ustaxonasi va traktorlarni qo‘yish (saqlash) 
uchun mo‘ljallangan joylar kiradi.

Download 0,56 Mb.
1   2   3   4




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Экономика и социум" №12(115)-2 2023 www.iupr.ru

Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish