"Экономика и социум" №12(115)-2 2023 www.iupr.ru
479
Umarova Z.O.
katta o‘qituvchisi
“ Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
JizPI
QISHLOQ XO‘JALIGIDA AGROSERVIS XIZMATLARINI TASHKIL
ETISH
Annotatsiya. Maqolada agroservisning hozirgi davrdagi iqtisodiy
ahamiyati, agroservis korxonalarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va
agroservis korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.
Tayanch so’zlar: iqtisod, servis, agroservis, mahsulot, traktor, avtomobil,
ombor, qishloq xo‘jaligi, agrofirmalar, tadbirkorlik.
Umarova Z.O.
senior teacher
"Economy and Management" department
JizPI
ORGANIZATION OF AGROSERVICE SERVICES IN AGRICULTURE
Annotation.The article presents the economic value of agro-servise at
present, the spefic features of agro-servise enterprises and the development of
agro-servise enterprises.
Key words: economics, servise, agroservices, products, tractors,
automobiles, warehouses, agriculture, agrofirms, entrepreneurs.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
iqtisodiyotning muhim
tarmoqlaridan biri bo‘lgan xizmatlar sohasining o‘rni juda katta va o‘z
ahamiyatga egadir. Bu ishlab chiqarishning murakkablashuvi, bozorni kunlik va
shaxsiy talabdan kelib chiqqan holda tovarlar bilan to‘ldirish, jamiyat hayotini
yangilovchi ilmiy-texnologik taraqqiyotning jadal o‘sishi bilan bog‘liqdir.
Bularning barchasini axborot, moliyaviy, transport, konsalting va boshqa xizmat
turlarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Agrosektorda agromarketingning shakllanish xususiyatlari
va rivojlanish
tendensiyalarini
tadqiq
etishdan
oldin,
agrosektor
va
agrosanoat
tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlashtirish maqsadga muvofiq.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, tadqiqotchi olimlar orasida ushbu tushuncha bo‘yicha
turli xil taʼriflar berilgan bo‘lishiga qaramasdan,
ularning bu boradagi
yondashuvlari bir-birlariga ancha yaqin. Xususan, rus olimlari A.V.Turyanskiy va
V.L.Anichinlar agrosektorni quyidagi uchta sohaga ajraluvchi majmua deb
qaraganlar 1) qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi
tashkilotlar; 2) qishlok
xo‘jaligi
tovar ishlab chiqaruvchilari; 3) qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini