Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   307
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi.
O‘quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, 
boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish malakalarini 
oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini ulkan 
boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin 
emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning 
asarlari orqali o‘kuvchilar go‘zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari haqida 
keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik - o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do‘stlik, ota - 
onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi 
fazilatlar avloddan - avlodga ko‘chib kelgan. 
 
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta‘sirlarning uyg‘unligi va uzluksizlik qoidasi.
Tarbiya ishida 
izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so‘ngra o‘zi bu talabni unutib qo‘ysa, bu 
hol tarbiyaga yomon ta‘sir qiladi. O‘qituvchi subutli, o‘z lafziga sobit bo‘lmog‘i kerak. O‘quvchilarga tarbiyaviy ta‘sir 
ko‘rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo‘yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. 
Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota - ona, o‘qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. Shu sababli ularning 
ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarni 
(oila, maktab, o‘quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng jamoatchilikni) birgalikda ish 
ko‘rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi 
kerak. 
Bola o‘qishni, tarbiya olishni ulg‘ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, 
qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga bola 
o‘zini o‘zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim.
Topshiriq 
1.
―Mustaqillikni men qanday tushunaman‖ mavzusida yozma ish yozish 
2.
Ijtimoiy tarbiyaning turlari va ularning vazifalarini mustaqil o‘zlashtiring 
3.
Mahallada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqing. 

Download 6,15 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi

Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish