|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 105/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
adolatga
bog‘liq. Moddiy ne‘matlar va xizmat turlari, ijtimoiy (obro‘, hurmat-
ehtirom),siyosiy ne‘matlar ( siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi), sog‘liqni saqlash kishilarning ijtimoiy ahvoli kabi
sohalarda odamlar adolat muammolariga katta e‘tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Am‘aqi odil shoh g‘oyasini
ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me‘yorlariga rioya qilish lozimligini o‘qtiradi. Jamiyatdagi mavjud
sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalarga nisbatan moddiy ma‘naviy ne‘matlarni ulashishiga «chun xurshed meboyat zist»,
ya‘ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko‘rib, adolat yuzasidan taqsimlash lozimligini ta‘kidlaydi.
Alloma o‘z madhiyalarida ilm ahli, ziyolilar dehqon, hunarmand xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat
barqarorligi va taraqqiyot yo‘lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o‘z faoliyatida ham shunga
erishishga intiladi.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta‘lim - tarbiya berish, o‘kuvchilar bilim,
ko‘nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni
shakllantirishdan iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning
ishonch - e‘tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura
sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, o‘quvchilarning tushunchasi, aql - idroki va tafakkur darajasini inobatga
olgan holda marifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqoza etiladi.
Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni va qoidalari mavjud. Xo‘sh,
Tarbiya qoidalari nima uchun kerak ekan
? Unga nimalar kiradi?
Tarbiya qoidasi - pedagogik ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan
boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari - o‘qituvchi va tarbiyachilarga yo‘l - yo‘riq ko‘rsatuvchi
qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:
2-18. chizma
|
| |