Tarbiyaning ma‘lum maqsadga qaratilganlik qoidasi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad har tomonlama
ma‘naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma‘lum maqsadni
ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma‘lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar
jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O‘qituvchining bilim saviyasi ma‘naviyati jamiyatni
harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida
tarbiyalashda Qur‘oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy
qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smirning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va
erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma‘muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori
qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar
mohiyatini o‘zgartirish demakdir. O‘qituvchi o‘quvchiga avvalgidek tarbiya ob‘ekti emas, xuddi o‘zi kabi sub‘ekt deb
Tarbiya
tamoyillari
Tarbiyaning
maqsadga
qaratilgan bo`lishi
Tarbiyada
insonparvarlik va
demokratiya
Tarbiyada milliy va
umuminsoniy
qadriyatlar
ustuvorligi
O`quvchilarning yosh
va individual
xususiyatlarini
hisobga olish
Tarbiyada izchillik,
tizimlilik, tarbiyaviy
ta
’sirlarning
uzluksizligi
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 70
qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta
tafakkur etishni ko‘zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o‘zligini anglashni ta‘minlaydi.