|
Yosh o‘qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo‘lgan sinfda ijobiy natijalarga Pdf ko'rish
|
bet | 113/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
Yosh o‘qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo‘lgan sinfda ijobiy natijalarga
erishishga nima yordam berdi deb uylaysiz?
Sinfdagi faollarni aniqlash .Sinf rahbari dastlabki kunlardanoq o‘quvchilarni jamoat topshiriqlari orqali kuzatib
boradi. Ular ichidan faol bolalarni tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a‘lochi o‘quvchilardan sinf
faollarini saylaydi.
Jamoat ishini faqat faollar zimmasiga emas, balki barcha o‘quvchilar orasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Faollarni tanlashga oid
muammoli pedagogik vaziyatlarni
yechishga harakat qilib ko‘raylik
:
2
-masala.
Sinfda qator yillar davomida saylangan kat‘iy «faollar» boshqarib, «passiv»lar unga bo‘ysinib keldi. Lekin
keyin ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari oldingi o‘qituvchining xatosini to‘g‘rilash maqsadida
kat‘iy chora ko‘rdi. Sinfda qayta saylov o‘tkazilib, «faollar» o‘rnini «passivlar» egalladi. Lekin bir-ikki haftadan so‘ng
saylov o‘zini oqlamaganligi aniq bo‘ldi. Yangi faollarning bir qismi o‘z majburiyatini bajarishdan bosh tortsa, ikkinchi
qismi kuch bilan tartib o‘rnatishga harakat qilishdi. Sinfda yangi guruhlar tashkil topib, «passivlar» ikki barobar ortdi.
O‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak edi? Qanday hol aktiv jamoani
jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o‘z-o‘zini boshqarishning qanday xususiyatlari bor?
3-masala.
VI B sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasida norasmiy so‘rov o‘tkazishi natijasida kamsuqum Anvar sinfdagi eng
faol Baxtiyordan ko‘ra katta obro‘ga ega ekanligini aniqladi. Baxtiyor sinfkom edi.
Shunga asoslanib Baxtiyor noto‘g‘ri saylangan, uni Anvar bilan almashtirish kerak degan xulosaga kelish
mumkinmi? Sinf rahbari qanday yo‘l tutishi kerak?
O‘quvchilarni istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin qiziqarli va quvonchli voqealar manzilidir. Sinfda
yorqin va jozibador istiqbollarning bo‘lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli holatlarni keltirib chiqaradi.
Istiqbol odatda, oddiy kundalik ishlar: sinf xonasini jihozlash, kutubxona tashkil etish, musobaqalarga
tayyorlanishdan boshlanib, sayr-tomoshalarga chiqish, kino, teatrlarga jamoa bo‘lib borish orqali davom ettiriladi.
So‘ngra murakkabroq istiqbolli vazifalar qo‘yiladi: kecha tayyorlash, dramatik to‘garak tashkil qilish, olimpiadalarda
qatnashish, sovrinlarni («Zulfiya», «Nihol»kabi) qo‘lga kiritish uchun harakat qilish kabi.
|
| |