Umum ped na amal-O`um 13-14




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   307
yo‘llari 
quyidagilar: 
1. Jamoatchilik topshirig‘i berish; 
2. Sinf faollarini to‘g‘ri tanlash; 
3. O‘quvchilarni istiqbolga chorlash; 
4. Sinfda ijobiy an‘analarni qaror toptirish; 
5. O‘quvchilarga yagona talablar qo‘yish. 
Jamoatchilik topshirig‘i. Jamoa bo‘lib ishlash, amaliy faoliyat ko‘rsatish sinf jamoasini jipslashtirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat sinf jamoasi hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi. Sinfdagi barcha o‘quvchilarga, 
hatto qoloq, intizomi bo‘sh o‘quvchilarga ham jamoat topshirig‘i berish kerak.Bu bolalarni mehnatsevarlik, tejamkorlik 
va tartib-intizomga o‘rgatadi.
Jamoani uyushtirishga oid quyidagi 
muammoli pedagogik vaziyat
ga munosabat bildirsak: 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
74 
Muammoli
pedagogik masalalar yechish: 
1-masala.
Yosh o‘qituvchini 1X sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va 
yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va 
maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu 
o‘qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir
o‘zaro sog‘lom munosabatlarni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan 
edi. Sinf o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu yerda 
mening doimo yordamga tayyor bo‘lgan do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda 
ma‘nisiz hayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni 
sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z hatti-harakatim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror -bir 
ziyon yetkazishdan xavotirlanaman». 

Download 6,15 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish