|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 121/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
Savol va topshiriqlar
1.
Tarbiyani demokratiyalash deganda nimani tushunasiz?
2.
Tarbiyaviy tadbirlar ishlanmasidan namuna bajarib kelish.
3.
Tarbiya metodlarini sanab bering
4.
Rag`batlantirish va jazolash metodlarining qo`llanilishiga qanday talablar qo`yiladi?
15-mavzu:
O‗QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH. AQLIY TARBIYA
REJA:
1.
Bilim ilmiy dunyoqarashning asosidir.
2.
Dunyoqarash mohiyati va uning turlari.
3.
Kishilar ongi, dunyoqarashida yangicha fikrlashni shakllantirish zarurati.
4.
Milliy istiqlol mafkurasi mohiyat - mazmuni. Tarbiya jarayonida milliy ong va tafakkurni shakllantirish.
5.
Aqliy tarbiya mazmuni va mohiyati
Tayanch so`z va iboralar
Bilim, dunyoqarash, dunyoqarash turlari, ilmiy dunyoqarash, giniy dunyoqarash, mifologik dunyoqarash,
kishilar ongi, yangicha fikrlash, milliy istiqlol mafkurasi, milliy ong va tafakkurni shakllantirish, aqliy tarbiya
mazmuni, aqliy tarbiya vazifalari.
Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida
bo‘lib kelgan. Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda davrning o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo
ilm faniga umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo‘shganlar. Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi bo‘lib
hisoblanadi. Bilim olish albatta yoshlikdan boshlanadi. «Yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqshdir»,- deydi dono
xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix sahifalaridan, xalqimizning qalbidan o‘chmaydi. Shunday kishilar qatorida
Sharq musulmon dunyosi mutafakkirlaridan al - Kindiy, G`azzoliy, Beruniy, Xorazmiy, Naqshbandiy, Yassaviylarni,
G`arb allomalari I. Kant, F. Gegel, L. Feyerbax, A. Shopengauerlarning nomlarini tilga olmasdan bo‘lmaydi. Eng
buyuk allomalaru donishmandlar, o‘zlarining noyob asarlari, ta‘limotlari bilan insoniyat rivojiga ulkan hissa
qo‘shganlar. Ular umrlarini ilmu fanga bag‘ishlab, bu yorug‘ olamdan ketar chog‘i hayot ilmini chuqur egalladingizmi?
degan savolga hech narsa bilmay ketyapman degan ekanlar. Ne ajab, hayot ilmi sirli va murakkabki, anglab yetmoqqa
butun insoniyat umri ham yetmaydi.
Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi deb aytib o‘tdik, shunday ekan
|
| |