UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
81
Milliy ong
- bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab
chiqarish usuli, diniy e‘tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o‘zaro ta‘siri tufayli shakllangan dunyoqarashi,
iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma‘naviy sohalarda faollik darajasi.
«Milliy ong - O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr
talabi darajasiga ko‘tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda ta‘lim-tarbiya muassasalari-ning
roli ayniqsa muhimdir.
Mafkura
(arabcha «mafkura» - nuqtai nazarlar va e‘tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy,
huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui.
Mafkura ijtimoiy borliqning, ya‘ni keng ma‘noda jamiyat hayotining ma‘naviy-siyosiy in‘ikosidir, uning inson
ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy
asos hamda ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qilishidir.
Ongimiz va dunyoqarashimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishimiz kerak ekan, dastlab bu mafkuraning
mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Bu haqda oldingi mavzularda, boshqa fanlarni o‘tish jarayonida ham kup
to‘xtab o‘tilgan. Shu fikrlarni, bilimlarni yana bir esga tushiraylik.
«Aqliy hujum» usuli qo‘llaniladi. Talabalar guruhlarga bo‘linib ,