UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
82
mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish;
hur fikrli, mutelik va jur‘atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni
tarbiyalash;
odamlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning irodasini baquvvat qilish, iymon - e‘tiqodini mustahkamliligiga
xizmat qiladigan ma‘naviy muhit yaratish;
vatandoshlarimiz tafakkurida o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab-
avaylash, vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish;
xalqimizga xos bo‘lgan iymon - e‘tiqod, insof - oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yanada yuksaltirish;
mamlakatimizning ko‘p millatli xalqi ongi va qalbida "O‘zbekiston - yagona Vatan" degan tushunchani
shakllantirish va rivojlantirish.
«Mafkura jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida
mujassamlashtiradi»
1
.
Istiqlol mafkurasini yoshlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta‘lim
- tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
(Mustaqillik davrida O‘zbekistonda amalga oshayotgan buyuk o‘zgarishlarni tasvirlovchi videosyujetlar namoyish
etiladi.)