|
dunyoqarashning o‘zi nima? Uning Pdf ko'rish
|
bet | 122/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
dunyoqarashning o‘zi nima? Uning
qanday shakllari bor?
Dunyoqarash - faqat insongagina xos xususiyat bo‘lib, hayvonot dunyosi boshqa narsa , buyumlar va mavjudodlar
uchun bu hol yotdir. Ularda dunyoqarash kishilarning olam va uning o‘zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy,
siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik diniy, qarashlari va tasavvurlari tizimidan iborat. Demak, dunyoqarash bu olam
haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan bilimlar to‘plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida qancha
ko‘p ma‘lumotlarga, bilimga ega bo‘lsa, ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo‘ladi. Avvalo
ta‘kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turlicha buladi. Turli kasb egalari turli xil dunyoqarashga ega bo‘ladi.
Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g‘oyalar turkumini hosil qiladigan ularni
muayyan ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, davlatlar maqsadidan kelib chiqib,
baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o‘z o‘rnini, amaliy faoliyat yo‘nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga
imkoniyat beradigan ko‘p qirrali va sermazmun tushunchadir.
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjud. Birinchisini, kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy
faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy
bilimlar, g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog‘langan bulib, bir-birini to‘ldiradi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in‘ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va u ijtimoiy tuzumga bog‘liq
bo‘ladi.
Dunyoqarashning doimo o‘zgarib, rivojlanib turishi uning tarixiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon
bo‘ladi.
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
80
|
| |