|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 123/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
2-27. chizma
Mifologik ( yunoncha - mifos-naql, rivoyat, logos- tushuncha, ta‘limot) dunyoqarash - ijtimoiy taraqqiyotning eng
boshlang‘ich davriga xos bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi- naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy
shaklidir.
«Olam qanday paydo bo‘lgan? Quyosh, oy va yulduzlarni kim yaratgan? Bu sir-sinoatga to‘la borliqning so‘ngi
qayerda?» degan savollar odamzotni azaldan qiziqtirib kelgan.
Ushbu savollarga odamzot topgan dastlabki javoblar miflarda ifodalangan va ular butun bir mifologik tizimni
hosil etgan.
Qadimiy turkiy xalqlarda ham shunday mifologik tizim mavjud bo‘lgan. Misol tariqasida yer, osmon,
yulduzlarning paydo bo‘lishi, tuzilishi va o‘zaro munosabati haqidagi mifologik naqllarni keltiramiz:
1. Yer(ning) ustidan osmon do‘ppiday yopib turadi. Eng balandda, o‘rtada Temir qoziq yulduzi turadi. Jami
yulduz yer bilan temir qoziqning (atrofida) chir aylanadi. Yerning ostidayam bir temir qoziq yulduzi bor. Ikki temir
qoziq tortishib, yer qimirlamay turadi.
2. Hulkar avval yetti yulduz bo‘lgan. Birovini Yetti qaroqchi olib, oltitasi qolgan. Yetti qaroqchi Hulkar bilan
Qambarning o‘rtasia tushib, ularni yuz ko‘rmas qilib qo‘ygan. Avval ular bir-birini yaxshi ko‘rishgan. Hozir Hulkar
botsa, Qambar chiqadi. Qambar botsa, Hulkar tug‘adi. Hulkar- qiz, Qambar- yigit deyishadi. Oxiri qiyomatda Hulkar
bilan Qambar ko‘risharmish.
3. Osmon qavat-qavat bo‘lar ekan. Nechanchidir qavatida bir daraxt bor ekan. Har bir odamning oti yozilgan
barg shu daraxtda bo‘lar ekan. Odam o‘lsa, barg so‘lib, uzilib tushar ekan. Barg yerga tushayotganda, biror odamga
tegib ketsa, shu odamning qulog‘i chimirlar ekan. Shunday vaqtda kalima qaytarishi kerak ekan.
Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona)negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi,
rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir. Diniy
dunyoqarashning xalq ongiga singib, qalbida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy
kishilarning ruhiyatiga moslab, ularning hissiyoti, tafakkuriga ta‘sir etadigan va ko‘p vaqtgacha esda saqlanib
qoladigan yorqin obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir.
Islom ta‘limotidagi har bir afsona va rivoyatlarda katta hikmat, falsafiy fikr, ma‘no mavjuddir. Shuning uchun ham
ular barhayot bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib, bizning davrimizgacha yetib keldi. Bunday ma‘naviy boylikni ehtiyot
qilishimiz lozim.
Falsafiy dunyoqarash - bu olam haqidagi yaxlit va tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisidir. Mifologik va diniy
dunyoqarash hissiy a‘zolarimiz orqali erishilgan ma‘lumotlar asosida shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy
a‘zolarimiz tufayli ilm-fan yordamida to‘plagan bilimlar yig‘indisidir. Falsafiy dunyoqarash kishilarga tabiat, jamiyat,
inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma‘lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab
turgan olamni, dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab, ziddiyatli jarayondan
iboratligini ta‘kidlaydi.
|
| |