UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
78
Tarbiyada
rag‘batlantirish usulidan qanday foydalaniladi, uning qanday turlari va ahamiyati bor?
degan
savol ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak.
O‘quvchi bolalarning har biri o‘sib kamol topib borayotganidan xursand
bo‘layotganini sezish kerak. Faqat shundagina bola o‘zining olg‘a siljib borayotganini ko‘ra biladi. Bunga erishish
uchun rag‘batlantirish usulidan foydalaniladi. Rag‘batlantirish bolaga ishonishga, unga bo‘lgan ijobiy qobiliyat va
fazilatlarning kuchini e‘tirof etishga asoslangan. Rag‘batlantirish o‘quvchining ko‘nglini oladi, uni quvontiradi, yanada
yaxshiroq bo‘lishga undaydi.
Rag‘batlantirishning quyidagi turlari mavjud.
O‘quvchining kuchi yetadigan mas‘uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish; Maqtash: (ota - ona,
jamoa oldida); Esdalik sovg‘a berish; Maqtov yorlig‘i berish; Stipendiya bilan taqdirlash; teleko‘rsatuvlarda maqtash;
Hurmat taxtasiga rasmini qo‘yish; Qo‘llab-quvvatlash; Ma‘muriyat va jamoaning minnnatdorchiligi; Musobaqalarda
bayroq ko‘tartirish; Gazetada e‘lon qilish ; Televideniyeda ko‘rsatuv uyushtirish; Rag‘batlantirish pedagogik talab
asosida bo‘lishi lozim. Tarbiyalovchi oshirib maqtashi, boshqa o‘quvchi- yoshlarga taqqoslab kesatishga yo‘l
qo‘ymasligi, rag‘batlantirishga bo‘lgan talabchanligini oshirish lozim.