• Amaliy, namuna usuli Ko`rgazmalilik usuli
  • Suhbat va hikoya.
  • So`z orqali ifodalash usuli




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   307
    So`z orqali ifodalash usuli 
    Maslahat bеrish 
    Ma'lumotlarni eshitish orqali qabul 
    qilish 
    hikoya 
    suhbat 
    ma'ruza 
    Tarbiya ma'lumotlarini amaliy mеhnat 
    harakatlari orqali bеrish 
    O`rnak ko`rsatish 
    O`zgalar hayotini, mеhnatini, tajribasini 
    misol qilib ko`rsatish 
    Amaliy, namuna usuli 
    Ko`rgazmalilik usuli 
    Kinofilmlar
    Tasviriy san'at 
    Badiiy san'at, grafika 
    Va boshqa ko`rish orqali 
    tarbiyalash usullari 


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    77 
    Tushuntirishda o‘quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan 
    bog‘langanligi borasida ma‘lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida 
    tarbiyalashning roli katta. 
    Suhbat va hikoya.
    O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy - axloqiy shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta‘sirli 
    usul hisoblanadi. 
    Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin. Axloqiy mavzular (kishilarning jamiyatdagi 
    axloq mezonlari, o‘zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go‘zalligi hamda inson go‘zalligi), siyosiy 
    mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati), ta‘lim va bilimga oid mavzularda (koinot hayvonot dunyosi). 
    Suhbat davomida o‘quvchilarni qalbidagi fikrlarini aytishga jasoratini uyg‘otishga, o‘quvchilarni fikrlashga 
    majbur qiluvchi savollar berish juda muhimdir. Bu borada bahs va munozaralarning ahamiyati katta. 
    Hikoya.
    O‘quvchilar, odatda hayotdan va boy badiiy adabiyotdan olingan aniq misol bilan to‘liq hikoyalarni 
    tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tarixiy, tabiiy boyliklari, san‘at haqida hiqoya qilib 
    berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televideniye, Internet tarmoqlaridagi, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham 
    qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘kuvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar 
    orqali ravon va jonli o‘tkazilishi kerak.
    Namuna.
    O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaqin axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va namuna olishlari 
    nihoyatda muhimdir. O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi ayniqsa yoshlarga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Ular 
    o‘qituvchining darsida va hayotda o‘zini qanday tutishini, muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib 
    yuradilar. O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq atvoriga taqlid qiladilar. Xulq atvor bolalarda yaxshi 
    sifatlarning, ba‘zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota - 
    onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar 
    o‘tkaziladi. Bolalar o‘z ota - onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar. Ularga taqlid qilishga 
    intiladilar. Namuna xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota - bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha 
    yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da‘vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush inida ko‘rganini 
    qiladi», «Onasini ko‘rib qizini so‘ra», «Axloqni axloqsizdan o‘rgan», «Bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, 
    bolang g‘iybatchi bo‘ladi». Shu oddiy iboralar ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligining guvohi bo‘lamiz.

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish