UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
67
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta‘lim
- tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk
insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu
hatti harakatini sekin - asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va
aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma‘naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin
takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom
etadigan mas‘uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini
e‘tiborga olishi zarur.