Savol va topshiriq
1.
Ta‘limni tashhis etish nima? Uning mohiyati haqida gapirib bering.
2.
Ta‘limni baholash yoki tekshirish va tashhis o‘rtasidagi farq nimalarda ko‘rinadi?
3.
Nazorat va tekshirish tushunchalarini izohlab bering.
4.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda nimalarga e‘tibor berish lozim?
5.
Ta‘lim jarayonini nazorat qilish va hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat?
6.
Ta‘lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan pedagogik talablar nimalardan iborat?
1.3-submodul. TARBIYA NAZARIYASI
.
12-MAVZU:
TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA
TAMOYILLARI
REJA:
1.
Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari.
2.
Tarbiya jarayonining xususiyatlari.
3.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli.
Ijtimоiy tаrbiyaning аsоsiy vаzifаlаri
4.
Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati
Tayanch so`z va iboralar
Tarbiya, tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayoni, tarbiya turlari, tarbiyaning jamiyatdagi roli, tarbiyaning tarixiy
va sinfiy xususiyati, tarbiya jarayonining xususiyatlari, tarbiyalanganlik, tarbiyaning ob‘ektiv qonunlari, tarbiya
prinsip (tamoyil)llari.
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, «Tarbiya» yoki «Tarbiyaning tarkibiy qismlari» mavzusiga oid klaster
tuzishadi.(Klaster tuzish qoidalari yuqoridagi mavzularda keltirilgan. 37- bet) Klasterning tarkibiga quyidagilar kirishi
mumkin:
Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko‘nikma ; aql, ong, fahm;
Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshq.;
Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh;
Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o‘yinlar; sog‘lom tan;
Estetik tarbiya: go‘zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, saranjom-sarishtalik;
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
66
Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o‘rmonlar;
Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik;
Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to‘g‘rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch.
(Har bir guruh tushunchalarni toifalab, tuzgan Klasterlarini taqdim etadi.)
|