Umum ped na amal-O`um 13-14




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   307
Rubrika 
- bu 
har xil darajadagi talabalarni baholashda ishlatiladigan so‘zlar va ta‘riflardir. Bu tariflar tanqidiy yoki maqtovlardan 
iborat bo‘ladi. 
Rubrika bu o‘qitish jarayonida o‘ta muhim vosita, usul hisoblanadi. 
Masalan, rubrika har xil bo‘ladi, o‘qituvchi 4 ballik rubrika asosida 3, 2, 1 ball qo‘yishi mumkin. Bunda 
talabalarda ba‘zi hollarda tushinmovchiliklar kelib chiqadi, ya‘ni ular – ―nega men‖, ―5 ball olmadim?‖ deb o‘ylashi 
mumkin. Aslida esa bu baholashda 4 ballik rubrika yuqori hisoblanadi. Rubrika talabalardan foydali natijalarni 
olishda juda qulay usul hisoblanadi. 
O‘qituvchilar o‘qitish jarayonida rubrikalardan foydalanayotgan paytda talabalarga rubrikalarning ta‘rifi, 
tushunchalari haqida barcha ma‘lumotlarni berishlari shart: 

Rubrikalar orqali o‘qituvchi talabalarni muvoffaqqiyatli tarzda baholaydilar. 

Rubrikalar har xil ko‘rinishda bo‘ladi, masalan, 4 ballik va boshqa usullar ko‘rinishida 4 ballik rubrikalar eng 
ko‘p tarqalgan rubrika baholash tizimi hisoblanadi.
Rubrika 2 xil shaklda bo‘lishi mumkin: analitik va xolistik (butun). Davlat tomonidan belgilangan darajada baholash 
maqsadida, asosan maqbullik uchun , talabalar xolistik rubrikadan foydalanilgan holda baholanadi. Xolistik rubrika 
tasvirlash uchun xizmat qiladigan kalit xususiyatlarini beradi, lekin 4 baho (ball) bilan baholash uchun barcha 
tasvirlash uchun xizmat qiladigan narsalar birga jamlanadi. To‘liq test javobi, topshiriq yoki loyihaga xolistik 1 
baho(ball) beriladi. Quyidagi xolistik rubrika paragrafiga qarang: 
4 baho(ball): 
* Kirish gap javoblari tushunarli tilda ko‘rsatib beriladi (sarlavha va/yoki muallif ko‘rsatiladi). 
* Kamida 2 ta puxta ishlab chiqilgan, tekstga asoslangan dalil na‘munalaridan foydalaniladi. 
* Talaba ishining barcha elementlari kirish gapining mazmunini to‘ldirishga yordam beradi. 
* Kirish gapiga bog`liq bo‘lgan qisqartirilgan gap bilan xulosalanadi. 
* Har xil uzunlik va strukturadagi gaplar yoki iboralar aniq bir maqsadli rema va ovozning mohiyatini hosil qiladi. 
* Maqsadga muvofiq mavjud tanlovlarni ko‘rsatish orqali tildan samarali foydalaniladi. 
3 baho(ball): 
* Kirish gap javoblari umumiy tilda ko‘rsatib beriladi (sarlavha va/yoki muallif ko‘rsatiladi). 
* Kamida 1 ta puxta ishlab chiqilgan, tekstga asoslangan dalil na‘munalaridan foydalaniladi. 
* Kirish gapiga bog`liq bo‘lgan qisqartirilgan gap bilan xulosalanadi. 
* Har xil uzunlik va strukturaga to‘gri keladigan gaplar yoki iboralarni o‘z ichiga oladi. 
* Belgilangan tinglovchi va maqsadga muvofiq talabga javob beradigan til va to‘g`ri so‘z tanlovidan foydalaniladi. 
2 baho (ball): 
* Kirish gap javoblari ma‘lum miqdorda ko‘rsatib beriladi. 
* Namuna ko‘rsatiladi lekin batafsil ochib berilmaydi. 
* Talaba ishining ba‘zi (lekin hammasi emas) elementlarini kirish qismini mazmunini to‘ldiradi. 
* Qisqartirilgan gap kirish gapiga unchalik bog`liq bo‘lmaydi. 
* Ko‘p hollarda har tomonlama sodda gaplarni qamrab oladi; strukturada xilma-xillikka e‘tibor beriladi. 
* Ko‘zda tutilgan tinglovchi va maqsadga muvofiq bo‘lishi shart bo‘lmagan me‘yoriy va kutilgan so‘z boyligi mavjud 
bo‘ladi.
1baho(ball): 
*Kirish gap ko‘rsatib berilmaydi. 
* Na‘muna berilmaydi, agar berilgan bo‘lsa, kirish gap mazmunini to‘ldirmaydi. 
* Juda oz elementlar kirish gap mazmunini to‘ldira olishi mumkin. 
* Qisqartirilgan gap bilan xulosalanilmaydi. 
* Sodda gaplar; ba‘zi to‘liq bo‘lmagan gaplar. 
* Ko‘zda tutilgan tinglovchi va maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki me‘yoriy so‘z boyligi majud bo‘ladi. 
Xolistik rubrika ko‘p miqdorda baholar(ballar)ni ikki ma‘noliligini yo‘q qilganda, analitik rubrika 
o‘qituvchilarga individual xucusiyatlarning sifatini baholashda yordam beradi va sinfxona darajasida tayinlangan 
jihozlar xilma-xil muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar bilan aloqada bo‘ladi. ( Analitik rubrika paragrafi 
uchun 3-jadvalga qarang.) 
Masalan, talaba yozish jarayonida g`oyalar va tashkillashtirish amallarini yaxshi bajarishi va 4 baho(ball)ga 
loyiq bo‘lishi mumkin, lekin to‘g`ri so‘z tanlash va gapni aniq, chiroyli tuzishni bajara olmasligi va 2 baho (ball) olishi 
mumkin. 
Xolistik rubrikadan foydalanganda o‘qituvchi-ekspert yozuvning ba‘zi bir qismlari 4 baho(ball)lik, ba‘zilari 
esa 2 baho(ball)ligini ko‘rsa, yozuv loyihasini farqning o‘rtasi ya‘ni 3 baho(ball) deb baholashi mumkin. 
Analitik rubrikadan foydalanilganda esa, garchi so‘z tanlash va gap aniq, chiroyli tuzilganligiga 2 baho(ball) 
berilgan bo‘lsa ham, yaxshi g`oya va tashkillashtirish amallari uchun 4 baho(ball) bilan baholanishi mumkin.
1
 

Download 6,15 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish