UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
65
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Joriy nazorat - bu o‘rganilayotgan mavzularni o‘quvchi talabalar tomonidan qanday o‘zlashtirayotganini
muntazam ravishda dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, talabaning
bilim darajasini, shu fanning har bir mavzusi bo‘yicha aniqlab borish ko‘zda tutiladi. Bu esa o‘quvchining uzluksiz
bilim olishini va natijasini muttasil nazorat qilib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo‘yicha o‘tilgan bir necha mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘lim yoki qism bo‘yicha
talabaning bilimini aniqlash oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi va talabalarga o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini beradi.
Yakuniy nazorat - bu nazorat semestrlari uchun belgilangan mavzular to‘liq o‘qitilib bo‘lingan, o‘tilgan mavzular
bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
Тalabaning fan bo‘yicha semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to‘plagan ballari
bo‘yicha aniqlanadi.
Har bir fan maksimal reyting bali shu fan uchun o‘quv rejasida ajratilgan umumiy dars soatlari miqdoriga teng deb
hisoblanadi.
Maksimal ballning 70foiz miqdori joriy, oraliq nazorat jarayonida, 30 foiz miqdori yakuniy nazoratda to‘planishi
tavsiya qilinadi.
Semestr davomida mazkur fan bo‘yicha to‘plagan ballarga nisbatan talaba bilimi quyidagicha baholanadi:
86-100- a‘lo;
71-85- yaxshi;
56-70- qoniqarli;
55 - va undan kam foiz qoniqarsiz.
O‘quv pedagogik ishlab chiqarish va bitiruv oldi malakaviy amaliyotlari davrida olingan bilimlar ham reyting
ballari bilan baholanadi.
ХULOSA: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da shaxsni rivojlantirishga berilgan juda katta e‘tiborning boisi
shundaki, faqat shaxsning kamoloti uning intellektual zakovatigina jamiyat taraqqiyotining omili bo‘la oladi.
Shaxsdagi intellektual zakovat esa yaxshi tashkil etilgan ta‘lim-tarbiya jarayonidagina uyg‘onishi, taraqqiy etishi va
shaxs kamolotini ta‘minlashi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini maksimal ishga solish
yo‘lini izlab topishi lozim.
Baholashning reyting-test tizimini yanada takomillashtirish orqali ham o‘quvchilarning intellektual
imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirib borishga harakat qilishimiz kerak.