• 13-modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
  • -modda. Oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim




    Download 6.15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/296
    Sana21.11.2022
    Hajmi6.15 Mb.
    #31127
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
    Bog'liq
    UZLIKSIZ TA\'L.PEDAGOGIKASI UMKA
    1-mavzu, public key print, 649 20.10.2020, Информ.письмо по конференции ЮФ 23 дек 2022 (полное) (1), Микропроцессор КР580, ABTADV 5та Amaliyot MK bo\'yicha, 6-амал маш.угит сол, 2mavzu qurlish texnoligiyasidan, 1 Ma\'ruza Sanoat robotlari va mexatronika faniga kirish , 15-маъруза (3), kurs loyixa ЭРТМ, bakayeva, в конце они оба умрут, FAOLIYAT VA KIRITIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANISHI
    12-modda. Oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim 
    Oliy ta‘limdan keyingi ta‘limni oliy ta‘lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. 
    Oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida 
    mutaxassislikni chuqur o‗rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch 
    doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-
    pedagogik kadrlar tayyorlashni ta‘minlaydi. 
    Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da‘vogar 
    izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-
    pedagog kadrlar ixtisosligi bo‗yicha oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim shakli hisoblanadi. 
    Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da‘vogar izlanuvchilar 
    uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar 
    ixtisosligi bo‗yicha oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim shakli hisoblanadi. 
    Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of 
    Science (DSc) ilmiy darajalariga da‘vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 
    tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‗yicha oliy ta‘limdan 
    keyingi ta‘lim shakli hisoblanadi. 
    Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi
    shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta‘lim tashkilotlarida oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim olish 
    xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. 
    Oliy ta‘limdan keyingi ta‘limning davom etish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi. 
    13-modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
    Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‗lgan yo‗nalishlar 
    bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‗shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‗nikmalarning zarur 
    hajmi egallanishini ta‘minlaydi. 
    Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‗nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda 
    yangilab borilishini ta‘minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat 
    qiladi. 
    Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli 
    davlat ta‘lim talablari bilan belgilanadi. 

    Download 6.15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




    Download 6.15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim

    Download 6.15 Mb.
    Pdf ko'rish