• Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori
  • Ish kuchi yoki mehnat bozori
  • .Moliya bozori
  • Intelektual tovarlar bozori
  • .Qurol-aslaha bozori
  • Bozorning turlari va unsurlari




    Download 15,52 Mb.
    bet4/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #229296
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Bozorning mohiyati uning vazifalari turlari

    Bozorning turlari va unsurlari
    Bozorga g`oyat xilma-xil tovar va xizmatlar chiqariladi, ular bozor ob`ektini, aniqrog`i u erdagi oldi-sotdi ob`ektini tashkil etadi. O`z ob`ekti jihatidan bozorni quyidagi turlarga bo`lish mumkin:

    1. Iste`mol tovarlari bozori, ya`ni iste`molchilar bozori kishilarning, tirikchiligi uchun zarur bo`lgan tovarlar va xizmatlar bozoridir. Bu bozorda keng iste`mol buyumlari, madaniy, maishiy va kommunal xizmatlari oldi-sotdisi olib boriladi. Bu bozorda deyarli barcha fuqaro ishtirok etadi. Bu bozorning O`zbekistonda aniq ko`rinishlari bor: magazinlar, savdo uylari, firmalar, supermarket, do`kon (shop), oshxona, nonvoyxona, har xil ustaxonalar, sartaroshxonalar, salonlar, nihoyat, dehqon bozorlari va buyum bozorlari.


    2. Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori — ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan narsalar bozori. Bu bozorda ulgurji savdo-sotiq yuz beradi. Mazkur bozor savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyatida, er va boshqa ko`chmas mulk savdosida namoyon bo`ladi. Bunday bozorda resursga talabgorlar resurs etkazuvchilar bilan koitrakt-shartnomalar asosida aloqa qiladilar. Resurs bozorining bosh bo`g`ini tovar birjasi hisoblanadi. Tovar birjasi ulgurji savdo bilan shugullanuvchi tijorat korxonasidir.
    Birjadagi savdo-sotiq opsratsiyalari quyidagi belgilarga ega: a) birjada tovarlarni etkazib berish haqida bitim tuzishib, ularning pulini to`lash birjadan tashqarida yuz beradi; b) birjada sotiladigan tovarlarning o`zi emas, ularning namunasi va naqdligini tasdiqlovchi xujjat qo`yiladi; v) birjada hali yo`q tovarlarni sotish haqida ham bitim tuzidadi, bu qishloq xo`jaligi mahsulotlariga taalluqlidir. Bo`lg`usi hosil yuzasidan savdo bitimi ilgariroq tuzilib, tovarni etkazib bsrish hosil yig`ilganidan keyii yuz beradi; g) birja uyushgan bozor bo`lib, bu erdagi savdo-sotiq operatsiyalari belgilangan tartibda o`tkaziladi. Universal birjalar har xil mollar bilan savdo qilsa, ixtisoslashgan birjalar ayrim tovarlarni (don, paxta, metall va hokazo) sotadi.
    3. Ish kuchi yoki mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Ish kuchi maxsus tovar bo`lganidan uning bozori o`z xususiyatiga ega. Ish kuchi insonning ishlash qobiliyati. Agar oddiy tovar sotilganda uning egasi o`zgarsa, ish kuchi necha marta sotilmasin, o`z egasi bilan birga qoladi. Chunki,b uni inson jismidan ajratib bo`lmaydi.
    Mehnat bozori mehnat birjalari, ishchi yollovchi vositachi firmalardan va nihoyat, kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o`zidan iborat. Sharqqa xos bo`lgan tartibsnz mehnat bozori - bu mardikor bozoridir.
    4.Moliya bozori ham bozorning maxsus turi. Moliya bozori deganda moliya resursiga (vositasiga) aylangan pul mablag`lari va ularga tenglashtirilgan qimmatbaho (qiymatli) qog`ozlar bozorini tushunish kerak. Moliya bozori tarkiban kredit (qarz puli) bozori, qimmatbaho qog`ozlar bozori va valyuta bozoridan iborat (bu masala keyingi boblarda batafsil yoritiladi). Valyuta auktsioni, kredit pullari auktsioni, banklar, moliya kompaniyalari, fond birjalari (qimmatli qog`ozlar birjasi) va boshqalarning faoliyati bu bozorning yaqqol ko`rinishidir.
    5.Intelektual tovarlar bozori — aqliy mehnat mahsuli bo`lgan tovarlar va xizmatlar bozori. Bu bozorda ilmiy ishlanmalar, g`oyalar, texnikaviy loyihalar va chizmalar, axborot, san`at, adabiyot va ilmga tegishli asarlar, ijrochilik xizmati va turli tomosha xizmatlari sotiladi. Bu bozorning muhim unsuri litsenziya bozori va hozirgi kunda shou-biznes va kino bozorlaridir.
    6.Qurol-aslaha bozori bozorning alohida turini tashkil etadi, bu erdagi tovarlar iste`mol buyumlari ham emas, resurslar ham emas. Bu erda xavfizlikni ta`minlovchi qurol-yarog`lar sotiladi. Bu bozor salonlar va ko`rgazmalar shaklida bo`ladi. Mayda qurollar magazin orqali sotiladi.
    Bozor o`zining qamrov doirasi jihatidan mahalliy, hududiy, milliy va jahon bozorlariga bo`linadi. Bozor qanchalik turga bo`linmasin, ixtisoslashmasin, baribir, u oldi-sotti orqali kishilar o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o`rnatishga hizmat qiladi.
    Quyidagilar bozorning asosiy unsurlari bulib xisoblanadi:
    -bozor qonunlari;
    -bozor regulyatori;
    -bozor konyukturasi;
    -bozor muvozanati;
    -bozor strukturasi;
    -bozor infrastrukturasi;
    -bozor interventsiyasi;
    -bozor muxofozasi;
    -bozor segmentatsiyasi.
    Bozor unsurlari tarkibida bozor qonunlari alohida urin tutadi. Bozorda tovar ayirboshlashning mohiyatini pul vositasida ifoda etuvchi va bozorni boshkarib turuvchi ob`ektiv iqtisodiy qonunlar bozor qonunlari deb yuritiladi. Bular jumlasiga:
    -talab va taklif qonuni;
    -pul muomalasi qonuni kiradi.

    Bu qonunlar bozor munosabatlari soxasida amal kiladigan qonunlardir.Ular ob`ektiv tarzda amal kiladi. Bozorda talab oshsa, narxni xam oshiradilar, agar pasaysa, narxni xam tushiradilar. Jamiyat bozor qonunlariga rioya kilib muomalaga fakat kerakli mikdorda pul chikaradi. Agar pul kupayib, kimmatchilik yuz berib, pul kadri tushib ketsa, ortikcha pul muomaladan chikariladi, pul bilan tovar urtasida muvofiklik ta`minlanadi.


    Bozorda bozor regulyatori vazifasini narx-navo bajaradi. Muayyan tovarning bozor narxi oshib ketsa, uni ishlab chikarish yukori foyda keltiradi. Binobarin, ishlab chikarish omillari foyda kam soxadan serfoyda soxaga kuchadi. Bozor regulyatori, ya`ni narx-navo kaychi tovarni va uni kancha, sarf bilan ishlab chikarish zarurligini korxona, firmaga yetkazadi, tovarlar dunyosini yangilanib turishiga undaydi. Bozor regulyatoriga amal kilish uchun monopoliya bulmasligi, aksincha, erkin bozor rakobatiga yul berilishi zarur. Rakobat turlaridan eng muximi narx vositasida kurash xisoblanadi. Firmalar uz rakiblarini yengish, ularni bozordan sikib chikarish uchun narxni uzgartirib turadilar.
    Muxtasar kilib aytganda, narx ishlab chikarishni tartiblab, uni uzgartirib turadi, rivojini ta`minlaydi. Bozor regulyatori ijtimoiy ishlab chikarishni ijtiomiy talabga muvofiklashtirish orkali iqtisodiyotni tartibga soladi. Narxning regulyatorlik funktsiyasi xam shunda.
    Bozor kon`yukturasi muayyan davrdagi bozor xolati, bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi.Bozor kon`yukturasi talabning oshishi Bilan xarkterlansa, sotuvchi uchun kulay, chunki u tovarini kimmatga sotib, ortikcha daromad kuradi. Agar bozorda taklif ortiklik kiladigan bulsa, kon`yuktura xaridor uchun kulay buladi – tovarni arzonga olib, bundan naf kuradi.
    Bozor muvozanati deganda bozordagi talab va taklifninglarning mikdoran va tarkiban bir-biriga muvofik kelishi tushuniladi. Biron-bir tovarga doir talab va taklif urtasidagi muvozanatga juz`iy muvozanat deb ataladi. Birmuncha vakt davomida barcha tovarlar narxlarining nisbati uzgarmasa, bu usha davrdagi bozorlar tizimining umumiy muvozanati ma`nosini bildiradi. Bordi-yu, turli tovarlar narxlarining nisbati uzgarsa, unda uzaro boglik bozorlar muvozanatsizlik xolatida buladi.
    Bozor shunday murakkab tizimki, uning ishlashi undagi barcha buginlarning uzaro ta`siriga boglik. Bular turkumiga:
    - iste`mol tovarlari va xizmatlar bozori;
    - ishlab chikarish vositalari bozori;
    - moliya bozori;
    - valyuta bozori;
    - mexnat bozori;
    - intellektual tovar bozori;
    - shou-biznes bozori va x.k.lar kiradi.
    Bozor infrastrukturasi deganda bozor iqtisodiyoti uchun xizmat kursatuvchi xar xil soxalar tushuniladi. Bular jumlasiga: tijorat banklari, birjalar, auktsionlar, savdo uylari, tashkil savdo firmalari, davlatning tashki savdo maxkamalari, bojxonalar, solik idoralari, tijorat va soxibkorlik idoralari, vositachi firmalar, savdo-sotik uyushmalari, kontsernlar, konsortsiumlar va boshkalar kiradi.
    Demak bozor strukturasi – bu shu bozorning tarkibiga amal kiluvchi buginlarni, bozor xaroratini belgilovchi birliklarni bildirsa, bozor infrastrukturasi esa shu bozorga xizmat kiluvchi xar xil soxalarni bildiradi.

    Bozor interventsiyasi deganda milliy yoki regional bozorga tashkaridan sukulib kirish va u bozorni uziga tobe etish tushuniladi. Xorijiy tovarlar muayyan mamlakat yoki region bozorini ximoya kiladigan tusiklarni bartaraf etib, bozorga kirib oladi vash u yerdagi tovarlar Bilan rakobat kiladi, xaridorlarni uziga ogdirib oladi.


    Bozor muxofazasi deganda milliy bozorning yoki ayrim tovarlar bozorining davlatning eksport-importni tartibga soluvchi tadbirlari vositasida ximoya kilinishi tushuniladi. Bozor muxofazasi:
    - chetdan tovar keltirishni cheklash, takiklash;
    - boj tulovini oshirish orkali amalga oshiriladi.

    Bozor segmentatsiyasi deganda ma`lum belgi-alomatlar va savdo-sotikning shart-sharoitiga karab bozorni xarxil buginlarga ajartish , tabakalash tushuniladi. Segment – bu bozorning kichik bir kismi. U yerda xaridorlarning guruxi cheklangan buladi. Ularga ma`lum turdagi tovarlar sotiladi. Bozorning segmentlarga ajratish mezonlari goyat kup. Masalan, bir segment uchun axolining xarid kobiliyati ustuvor bulsa, boshka segment uchun rakobatning bor yoki yukligi muxim belgi buladi. Segmentlar xududiy va sotsial –demografik mezonlarga karab ajratiladi. Xududiy segment quyidagi mezonlarga ega: axolining soni va zichligi; transport va aloka shoxobchalarining mavjudligi va rivojlanish darajasi; tabiiiy iklim sharoiti; iqtisodiyotning umumiy axvoli va boshkalar. Sotsial-demografik segment quyidagi mezonlarga ega: iste`molchi xaridorlarning yoshi, jinsi; iste`molchi xaridorlar tarkibidagi ishlovchilar, ukuvchilar va nafakaxurlarning salmogi;axolii tarkibi kabilar.



    Bozor segmentlari axolining urf-odati, rasm-rusumi, turmush tarzi va kaysi bir tovarni afzal kurishiga karab xam ajraladi.Segmentlarga ajralish muayyan tovarlarga nisbatan xam yuzaga keladi, masalan, kiyim-kechak bozorida:bolalar kiyimi, erkaklar kiyimi, ayollar kiyimi, yoshlar kiyimi, kariyalar kiyimi bozorlariga ajraladi. Bozor segmentatsiyasi orkali tovarlarni kam sarf, xarajatlar bilan yukori narxda imkoni yaratiladi.


    Download 15,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 15,52 Mb.